Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 14:56 Al-Vasl - Al-Quva al-Javiya
02/11 18:45 Paxtakor - An-Nasr (SA)
02/11 21:00 Traktor - Neftchi
02/11 21:00 As-Sadd - Al-Ahli (SA)
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
02/11 23:15 Al-G‘arafa - Al-Qodisiya
02/11 23:15 Al-Ittihod - Al-Ayn
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

To‘lqin Qilichev: «Bahodir Jalolov – terminator!»

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Ertaga Toshkentda boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati start oladi. 14 dekabrga qadar davom etadigan musobaqada yurtimizning eng kuchli charm qo‘lqop ustalari g‘oliblik uchun kurash olib borishadi. Bugun O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasida mazkur chempionatga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston boks federasiyasi mutasaddilari va terma jamoa murabbiylar shtabi musobaqadan nimalar kutilayotgani, chempionatda qatnashadigan taniqli sportchilar, yangi yilga qo‘yilgan rejalar xususida gapirib o‘tishdi.

Anjumanni O‘zbekiston boks federasiyasi bosh kotibi Shohid Tillaboyev olib bordi. Shuningdek, erkaklar terma jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev hamda murabbiy Xuan Enrike, ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Elshod Rasulov, katta boks oilasi va OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Dastavval federasiya bosh kotibi musobaqa haqida atroflicha ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, bu yil ham janglarni baholashdagi shaffoflikni ta’minlash maqsadida xorijdan tashrif buyuradigan 10 nafar 3 yulduzli AIBA hakamlari ishlashadi. Bahslar 2 ringda o‘tkazilib, «UzReport TV» va YouTube ijtimoiy tarmog‘idagi «Tigers» sahifasida jonli efirga uzatiladi.

O‘z navbatida To‘lqin Qilichev musobaqada ishtirok etadigan yulduz bokschilar haqida to‘xtaldi. Uning ma’lum qilishicha, Hasanboy Do‘smatov, Bahodir Jalolov, Miraziz Mirzahalilov kabi nomdor bokschilar ham chempionatda qatnashishadi. Madiyar Saidrahimov, Abdumalik Xalakov, Ruslan Abdullayev jarohati sabab unda ishtirok eta olishmaydi.

«Jalolov Abu-Dabida IBA tomonidan o‘tkaziladigan musobaqada (11 dekabr) jang qiladi. Shuningdek, O‘zbekiston chempionatida ham qatnashadi. Bahodir – terminator! Buning ortida mamlakatimiz sha’ni, manfaati turibdi», – dedi T.Qilichev.

Shuningdek, Xuan Enrike hamda Elshod Rasulov ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi. Xususan, kubalik mutaxassis bu musobaqa kelasi yil Toshkentda o‘tadigan jahon chempionatiga terma jamoa tarkibini saralab olish yo‘lida juda muhim ekanini ta’kidladi.

Anjuman davomida OAV vakillari hakamlik, yangi yildagi rejalar va boshqa yo‘nalishlardagi o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 18:53, 07.12.2022.
O'qildi: 3155 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик