Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino 1-0 Lechche
01/02 17:00 Eron 5-2 Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni 6-1 Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo 0-0 Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted 3-2 Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest 1-1 Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa 0-1 Brentford
01/02 20:15 Betis 2-1 Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem 2-2 Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese 0-2 Inter
01/02 22:30 Xetafe 0-0 Selta
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze - Roma
03/02 01:00 Sanderlend - Byornli
03/02 01:00 Malyorka - Sevilya

O‘FA mutaxassislari Qoraqalpog‘istonda futbolni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar

O‘FA mutaxassislari Qoraqalpog‘istonda futbolni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi vakillari hududlarda futbol ommaviyligini oshirish, bolalar-o‘smirlar futbolini yanada rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurishdi.

Dastlab Nukus shahrida joylashgan bolalar-o‘smirlar futbol maktabining ish faoliyati, infratuzilmasi va futbolchilar uchun yaratilgan mavjud sharoitlar o‘rganib chiqildi. Ayrim masalalar bo‘yicha aniqlangan kamchiliklar va qilinishi kerak bo‘lgan vazifalar yuzasidan aniq topshiriqlar berildi. Mas’ullar bilan suhbatda o‘lkada iste’dodli yoshlar ko‘p ekanligi, ularni to‘g‘ri yo‘naltirib, zamonaviy standartlar asosida katta futbolga tayyorlash lozimligi, bu borada xalqaro tajribalarni o‘rni muhim ekanligi ta’kidlandi.

Shundan keyin, bolalar futboli bo‘yicha mas’ul mutasaddilar ishtirokida 2022-yil yakunlari hamda 2023 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan rejalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha joriy yilda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi hamda kelgusi yilgi ish rejalari muhokama qilindi.

Kun tartibiga ko‘ra, yig‘ilishda mahorat maktabiga direktor tayinlash masalasi ham ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, Sportni rivojlantirish vazirligi hamda O‘zbekiston futbol assosiasiyasining buyrug‘iga asosan, Iskanderov Damir Konisbayevich Qoraqalpog‘iston futbol mahorati maktabi direktori lavozimiga tayinlandi. Yangi rahbar oldida yosh futbolchilarni kashf qilish, turli terma jamoalarimizga iste’dodli futbolchilarni tizimli yetkazib berish kabi mas’uliyatli vazifalar turgani ta’kidlab o‘tildi.

Kunning ikkinchi qismida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay O‘rinbayev ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Unda mazkur hududda futbol infratuzilmasini yaxshilash, uning ommaviyligini oshirish va bolalar-o‘smirlar futbolini yanada rivojlantirish bo‘yicha kelajakdagi istiqbolli loyihalar muhokama etildi.

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 08:22, 08.12.2022.
O'qildi: 1254 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.