Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor 3-1 OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad 2-0 Levante
04/04 18:00 Qizilqum 0-4 Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo 2-1 Kalyari
04/04 19:15 Surxon 3-1 Buxoro
04/04 19:15 Malyorka 2-1 Real Madrid
04/04 21:00 Verona 0-1 Fiorentina
04/04 21:30 Betis 0-0 Espanyol
04/04 23:45 Lasio 1-1 Parma
05/04 00:00 Atletiko 1-2 Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna
06/04 15:30 Udineze - Komo
06/04 18:00 Lechche - Atalanta
06/04 21:00 Yuventus - Jenoa
06/04 23:45 Napoli - Milan
07/04 00:00 Jirona - Vilyarreal

Mundial: turfa ranglar jilosi

Mundial: turfa ranglar jilosi

Baho:
+ | -

Mana, Qatar-2022 mundialida «pley-off» o‘yinlari - «hayot-mamot» janglari ham boshlanib ketdi.

Buyog‘iga mag‘lubiyat JCH bilan xayrlashishni anglatadi. Bor e’tibor jahon chempionatiga qaratilgan ekan, gazetamiz nigohi ham turnir atrofidagi voqeliklarda, albatta.

SENSASIYALAR GULDASTASI

Guruh bahslaridayoq qanchadan-qancha sensasion natijalar kuzatildi. Ularni asosan OFK jamoalari qayd etgani yoqimli, albatta. Ayniqsa, FIFA reytingida 51-o‘rinni egallab turgan Saudiya Arabistoni jamoasi 3-pog‘onadagi argentinaliklarni dog‘da qoldirgani og‘ir tosh bosadi.

MEZBONLARDA HAMMASI ANTI

Qatar mundialga ko‘p va xo‘p tayyorlangani aniq. Ammo mezbon jamoaning natijasi barchasini qisman yuvib yubordi. Har holda, Qatar termasi bir qator antirekordlar tufayli JCH tarixidagi eng noshud mezbon maqomini oldi.

IKKI BUYUK NATIJA

Argentina milliy jamoasi yetakchisi Lionel Messi JCH tarixida muayyan o‘yinda ham gol urgan, ham assistentlik qilgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi. U vaqtida shunday natijaga erishgan eng yosh futbolchi maqomini olgandi.

CHINAKAM GOLEADOR

Lionel Messining asosiy raqobatchisi - Krishtianu Ronaldu esa JCHda Portugaliya milliy jamoasi uchun gol urgan eng yoshi katta futbolchi bo‘ldi. U bundan 16 yil muqaddam Portugaliya termasining mundialda gol nashidasini surgan eng yosh vakili sifatida rekord o‘rnatgandi.

ISPANCHA DOVUL

Ispaniya milliy jamoasi guruh raundi 1-turida Kosta-Rika termasini 7ta javobsiz gol bilan «siyladi». 7:0 - bu JCH tarixida kuzatilgan eng yirik hisobli g‘alabalar ro‘yxatida 7-natija. Rekord esa 1982 yili Vengriya - Salvador o‘yinida qayd etilgan - 10:1.

O‘ZGARMAS REKORDLARMI?

JCH tarixida bir qator rekordlar borki, ularning yangilanishi - qiyin masala. Masalan, fransiyalik Jyust Fonten bitta turnirda 13ta gol urgan. Bunaqasini tasavvurga sig‘dirish qiyin, garchi hozirda mohir to‘purarlar zamonida yashayotgan bo‘lsakda...

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 13:00, 08.12.2022.
O'qildi: 1771 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик