Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Mbappedan yaxshiroq hujumchi. Jahon chempionatlari rekordchisi - Jyust Fonten

Mbappedan yaxshiroq hujumchi. Jahon chempionatlari rekordchisi - Jyust Fonten

Baho:
+ | -

 Kilian Mbappening gollarini sanashga vaqtingiz yo‘q bo‘lsa, biz yordam bera olamiz - u allaqachon Fransiya terma jamoasining jahon chempionatlari tarixidagi ikkinchi to‘purari (9). Undan ko‘p gol urgan yagona fransiyalik - 64 yil davomida Fransiyaning mundiallardagi to‘purar bo‘lib kelayotgan Jyust Fonten. 1958 yilgi Jahon chempionatida Fonten 13 ta gol urdi, bu hali ham bitta turnir uchun rekord hisoblanadi.

 Fonten butun jahon chempionati to‘purarlari ro‘yxatida Miroslav Kloze (16), Ronaldo (15) va Gerd Myullerdan (14) keyin to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. 24 yoshli Fonten Jahon chempionatiga 1957/58 yilgi Liga 1ning eng yaxshi to‘purari (34 ta gol) maqomida yo‘l olgan.

Shu bilan birga, Fonten Fransiya terma jamoasining asosiy hujumchisi ham emasdi – jahon chempionatigacha u terma jamoada bor-yo‘g‘i beshta o‘yin o‘tkazdi. U darhol asosiy tarkibda paydo bo‘lmasligi kerak edi. Turnir oldidan mashg‘ulotlarda Bliyar jarohat oldi, Fonten esa asosiy tarkibga ko‘chirildi.

Fransiya o‘shanda uchinchi o‘rinni egallagandi va o‘zining yorqin futboli uchun ko‘plab maqtovlarga sazovor bo‘ldi. Shvesiyaning Svenska Dagbladet gazetasi: "Futbol tarixida bundan nafisroq jamoa topish qiyin", - de, yozgan edi.

Aynan so‘nggi o‘yindagi poker Fontenni jahon chempionati tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylantirdi, u to‘rt yil avval 1954 yilgi jahon chempionatida 11 gol urgan vengriyalik Koshichdan o‘zib ketgan edi.

Jyustning o‘yin uslubi oddiy va tushunarli – to‘qqizlik futbolchisi, toza to‘purar, ikkala oyog‘i bilan ajoyib zarbaga ega. U imkoniyatlarni bir teginish bilan hal qilardi, kuchli jarima zarbasi o‘yinchisi hisoblanar edi, shu bilan birga qarshi hujumlarda o‘zini yaxshi his qilardi, shuning uchun u tezkor hujumlarda juda xavfli edi.

Futbol tarixchisi Kris Freddi Jyustening o‘yin uslubi haqida shunday xulosa qildi: “Bir qaraganda uning gollari juda oddiy ko‘rinadi. Ammo bu hujumchi uchun eng yaxshi iltifotdir”.

Qizig‘i shundaki, Fonten 1958 yilgi jahon chempionatining ramziy terma jamoasiga ham kira olmagan, garchi u eng ko‘p ovoz to‘plagan bo‘lsa ham. Umuman olganda, ovozlar Jyustning chap yoki o‘ng qanotga joylashtirilishi bo‘yicha ikkiga bo‘lingan edi.

U Marokashda yetti farzandli fransuz oilasida tug‘ilgan. Jyust Marokashda ham mahalliy Kasablanka uchun futbol o‘ynay boshlagan. 1953 yilda unga Nissadan chaqiruv bo‘lgan.

U yerda u 1955/56 yilgi Fransiya chempionati va 1953/54 yilgi Fransiya kubogida g‘olib chiqdi va 50 yillarning oxiriga kelib mamlakatning eng kuchli jamoasi bo‘lgan “Reyms”ga o‘tdi. Fonten klub bilan birgalikda uch karra liganing eng yaxshisi bo‘lgan - 1957/58, 1959/60, 1961/62, Fransiya kubogini qo‘lga kiritgan - 1957/58, Fransiya Superkubogi – 1958, 1960. Jyust «Reyms» bilan Ikkinchi marta Yevropa kubogi chempioni - 1958/59 finaliga chiqdi, lekin yana «Real»ga yutqazdi (0:2). O‘sha turnirda Fonten 10 ta gol bilan to‘purar bo‘lgandi.

Demak, Jyust o‘sha davrdagi eng kuchli Fransiya jamoasining ajralmas qismi, uning eng yaxshi hujumchisi edi. Ammo u 28 yoshida faoliyatini yakunlashi kerak edi.

1960 yil mart oyida Ivuarlik Seku Ture «Reyms» va «Sosho» o‘rtasidagi o‘yinda Fonten bilan to‘qnashdi, shunda qahramonimiz chap oyog‘ining tibia suyagida qo‘sh sinish tashxisini oldi. 1961 yilning yanvarida Jyustning oyog‘i yana sindirildi. Faoliyatni davom ettirish uchun imkoniyat yo‘q edi. 1960/61 va 1961/62 yilgi mavsumlarda u atigi sakkizta o‘yin o‘tkazgan va hatto shunday sharoitlarda ham u to‘qqizta gol urgan.

1962 yil iyul oyida 28 yoshli Fonten o‘zining so‘nggi o‘yinini o‘tkazdi.

Manba: www.sports.ru
Kiritildi: 14:36, 09.12.2022.
O'qildi: 2183 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.