Braziliya terma jamoasi hujumchisi Risharlison JCH chorak finalida Xorvatiyadan uchralgan mag‘lubiyat (1:1, 4:2) haqida gapirdi.
“Xonaga kirib yig‘lash vaqti keldi. Men u yerga kirishni va boshqa chiqmaslikni xohlayman. Afsuski, jahon chempionatida g‘alaba qozona olmadik. Bizdan juda katta umidlar kutilgandi, ammo, afsuski, barchasi muvaffaqiyatsiz bo‘ldi ", - dedi Risharlison.
25 yoshli forvard Qatarda o‘tkazilgan jahon chempionatining to‘rtta o‘yinida uchta gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi.