Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/07 00:00 Niderlandiya 2-1 Turkiya
07/07 03:00 Kolumbiya 5-0 Panama
07/07 06:00 Urugvay 0-0 Braziliya

Siz ularni mutlaqo boshqa jamoa yulduzi deb bilasiz. Ammo ular "MYU" tarbiyalanuvchisi!

Siz ularni mutlaqo boshqa jamoa yulduzi deb bilasiz. Ammo ular "MYU" tarbiyalanuvchisi!

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted"da uzoq yillardan buyon yulduz futbolchilar tayyorlash borasida katta tajriba shakllangan. Siz 90-yillarda Devid Bekxem, Rayan Giggz va Pol Skoulz kabi yulduzlarni aynan "MYU"dagi faoliyati sabab tanigansiz. Ularning bari klub akademiyasidan chiqqandi. Quyida siz bilgan nomlar keltiriladi. Lekin aniq ayta olamizki, ularning "MYU" tarbiyalanuvchisi ekani, hayolingizga ham kelmagan.

Jek Xarrison

Xarrison ilk bor MLSda barchasining e’tiborini o‘ziga qaratgandi. O‘shanda qahramonimiz "Nyu-York Siti" safida porlagan. 2016 yildan ikki mavsum o‘tib, u "Manchester Siti"ga yo‘l oladi. Ammo Xarrisonning asl maktabi "Karrington" ekanini hech kim bilmaydi. Ayni damda "Lids Yunayted" sharafini himoya qilayotgan hujumchi, 2003 yildan to 2010 yilga qadar "MYU"ning barcha yosh toifalaridagi jamoalarida harakat qilgan.

Ben Brerton Dias

Hozirda Dias Chili terma jamoasining yulduziga aylangan. Butun dunyo uning chililik ajdodga ega ekanini bilganidan keyin, hujumchi 17 ta bahsda bu yurt sharafini himoya qildi va 4 ta gol urishga erishdi. Ayni damda Dias "Blekbern Rovers"da harakat qiladi. Uning tarbiya makoni esa "MYU" akademiyasi edi. U yerdan Diasni "Stok Siti" sotib oladi.

Duayt Maknil

Maknil bu yozda "Everton"ga ko‘chib o‘tdi. O‘tgan mavsumda "Byornli" safida porlagach, liverpulliklar uni sotib olishga qaror qildi. Duaytning transferi 20 million funtga tushgan. Aslida Maknil "qizil iblislar" muxlisi bo‘lgan. U 14 yoshiga qadar aynan "MYU" akademiyasida ta’lim olgan. Shundan keyin, "Byornli" uni xarid qiladi va 2018 yilda uni asosiy tarkibda maydonga tushiradi.

Joshua King

King bizga, asosan, "MYU"dan boshqa jamoalar safida ko‘rinish bergan. Muxlislar uni bir kun kelib yana Manchesterga qaytadi deb o‘ylardi. Ammo bunday bo‘lmadi. U atigi ikki bor "MYU" libosida ko‘rinish bergan xolos. Kingning eng sermahsul va yulduzli davri "Bornmut" bilan, 2016-2017 yilgi mavsumda yuz bergan. O‘shanda norvegiyalik hujumchi APLda 16 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi. "Uotford" va "Everton"dagi qisqa muddatlik faoliyatidan keyin, Joshuaning manzili "Fenerbaxche" bo‘lib turibdi.

Pyerluiji Gollini

Juzeppe Rossidan tortib, Federiko Machedagacha, "MYU"ning italiyalik "mahsulotlari" sanaladi. Gollini o‘sha ro‘yxatdagilaridan biridir. Sobiq "Tottenxem" darvozaboni ikki yil "Manchester Yunayted"ning yoshlar jamoasida harakat qilgan. 2014 yilda u o‘z yurtiga, Italiyaga qaytadi. U yerda Gollini "Verona" sharafini himoya qila boshladi. "Shporlar" safida esa Golliniga faqat kubok bahslarida imkon berilgan.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 19:06, 10.12.2022.
O'qildi: 6729 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.