Angliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Gari Nevill JCH-2022 chorak finalida Fransiyaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan o‘yindagi hakamlikni tanqid qildi.
Ushbu uchrashuvni braziliyalik Vilton Sampayo boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqardi.
"Dahshat! Bu hakamlik emas! Men Angliya faqat shu tufayli mag‘lub bo‘ldi demayman - odamlar buni bahona deyishadi - lekin u shunchaki yomon hakamlik qildi" - dedi Nevill Sky Sports bilan suhbatda.
Qo‘shimcha qilamizki, Angliya terma jamoasi jahon chempionatining 7 ta chorak finalida mag‘lub bo‘ldi - bu futbol tarixidagi eng yomon natija.