Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Xorvatiya bugun ham penaltilar seriyasigacha bora olarmikin? (Prevyu)

Xorvatiya bugun ham penaltilar seriyasigacha bora olarmikin? (Prevyu)

Baho:
+ | -

Argentina 2022 yilgi Jahon chempionatida juda yaxshi natijalarga erishdi va bugun kechasi Lusail stadionida Xorvatiyaga qarshi bahs olib boradi.

Lionel Messi boshchiligidagi "La-Albiseleste" chorak finalda Niderlandiyaga qarshi kechgan qiyin bahsni yengib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi va Lui van Gal shogirdlariga qarshi penaltilar seriyasida ruxiyatni oshiruvchi g‘alabaga erishdi. Bugun ular Xorvatiyani "qilichdan o‘tkaza oladimi" yoki yo‘qmi, bilmadik. Bilganimiz, bizni murosasiz va qiziqarli o‘yin kutib turipti. 

Ayni paytda Xorvatiya jahon chempionatida yana kutilganidan uzoqroqqa bormoqda. Va ular oldingi bosqichda turnir favoritlaridan biri Braziliyani mag‘lub etishdi. Dalich musobaqa davomida tartibli mudofaasi bor ekanini ko‘rsatdi.

Argentina

Argentinada Xorvatiyaga qarshi yuqori bosimli yarim final o‘yini oldidan jiddiy jarohatlar haqida xavotirlar yo‘q. Biroq, Lionel Skaloni diskvalifikasiya tufayli Gonsalo Montiel va Markos Akunya xizmatlaridan foydalana olmaydi.

"La Albiseleste" 4-3-3 sxemasida maydonga tushishi kutilmoqda, bunda Emiliano Martines darvozani qo‘riqlaydi. Neuel Molina o‘zining so‘nggi o‘yinida yaxshi taassurot qoldirdi va bugun o‘ng qanot himoyachisi sifatida o‘yinni boshlasa kerak. Nikolas Talyafiko Akunya yo‘qligida chap qanot himoyachisi vazifasini bajaradi. Markaziy himoyachilarga keladigan bo‘lsak, Kristian Romero va Nikolas Otamendi uchun asosiy tarkib deyarli kafolatlangan.

Yarim himoyada Rodrigo De Paul Enso Fernandes va Aleksis Mak Allisterlarning asosiy tarkibda o‘yinni boshlash ehtimoli yuqori. 

Oldingi uchlikda Lionel Messi markazni chaproqda Xulian Alvares va o‘ngroqda Anxel Di Mariya bilan boshlashi kutilmoqda. Messi Argentina uchun Xorvatiyaga qarshi o‘yinda jamoaning "motor"i bo‘lishi o‘z-o‘zidan ma’lum.

Ehtimoliy tarkib (4-3-3): Martines; Molina, Romero, Otamendi, Talyafiko; De Paul, Fernandes, Mas Allister; Di Mariya, Messi, Alvares

Xorvatiya

Zlatko Dalichda bu hafta yarim final o‘yini oldidan jiddiy jarohatlar yo‘q. Shuningdek, jamoada diskilifikasiya qilingan futbolchilar ham topilmaydi.

JCH-2018 finalchilari darvozada Dominik Livakovich bilan 4-3-3 ko‘rinishida joylashishi kutilmoqda. 27 yoshli futbolchi ikkita penaltilar seriyasida jamoasini qutqarib qolgani uchun turnirda alohida o‘rin tutmoqda. U bu o‘yinda ham o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlashi kutilmoqda.

Ayni paytda, grand klublarda qiziqish uyg‘otayotgan Yosip Yuranovich o‘ng qanot himoyachisi, Borna Sosa esa chap qanot himoyachisi sifatida maydonga tushadi. Iqtidorli yosh himoyachi Yoshko Gvardiol Xorvatiya himoyasining markazida Deyan Lovren bilan hamkorlik qiladi. Ikkala futbolchi ham turnirda juda yaxshi natija ko‘rsatishdi va ular Lionel Messining imkoniyatlarini cheklay olishiga umid qilmoqda. 

Xorvatiya yarim himoyasi Luka Modrich, Marselo Brozovich va Mateo Kovachichdan iborat bo‘lishi tabiiy. Brozovich himoya vazifalarini bajarishi kutiladi, Kovachich va Modrich esa to‘pni nazorat qilishda yordam berishadi va hujumchilarga imkoniyat yaratadi.

Hujumda Ivan Perishich va Mario Pashalich keng pozisiyalarda boshlaydi. Va nihoyat, Bruno Petkovich Braziliya darvozasiga muhim gol urganidan keyin bugan asosiy hujumchi sifatida o‘yinni boshlasa kerak.

Ehtimoliy tarkib (4-3-3): Livakovich; Yuranovich, Gvardiol, Lovren, Sosa; Kovachich, Brozovich, Modrich; Pashalich, Petkovich, Perishich

Asosiy statistika

Seshanba kungi to‘qnashuv Argentina va Xorvatiya o‘rtasidagi Jahon chempionatlaridagi uchinchi uchrashuv bo‘lib, pley-off bosqichidagi birinchi uchrashuv bo‘ladi. Argentina 1998 yilda 1:0 hisobida g‘alaba qozongan, 2018 yilda Rossiyada bo‘lib o‘tgan bahsda Xorvatiya 3:0 hisobida g‘alaba qozongan.

Argentina bu yil guruh bosqichida Polshani 2:0 hisobida mag‘lub etib, Yevropa jamoalariga qarshi jahon chempionatining so‘nggi yetti o‘yinidan faqat bittasida g‘alaba qozondi. Shuningdek, Argentina o‘sha 7 bahsning 3 tasida durang o‘yinagan. 2 bahsda penaltilar seriyasida raqibini taslim etgan. 

Xorvatiya ketma-ket finalga chiqish arafasida bo‘lishiga qaramay, 2018 yilgi guruh bosqichida Islandiya ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonganidan so‘ng JCHning so‘nggi to‘qqizta o‘yinida birinchi bo‘lib gol ura olmagan. 

Xorvatiya terma jamoasi jahon chempionatining pley-off bosqichidagi o‘nta o‘yinda gol ura olmagan. Shu bilan birga, ular so‘nggi sakkizta o‘yinning har birida kamida bir marta gol o‘tkazib yuborishgan, so‘nggi oltita pley-off o‘yinning beshtasi qo‘shimcha bo‘limlarga borib taqaladi.

Lionel Messi jahon chempionatining uchta turli o‘yinida, shu jumladan bu yilgi turnirda ikkita (Meksika va Niderlandiyaga qarshi) o‘yinda gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi. 1966 yildan beri hech bir futbolchi to‘rtta o‘yinda buni amalga oshira olmagan.

Xorvatiyaning statistikasiga e’tibor bersak, Argentinaning birinchi gol urishi yevropalikklar uchun fojea emas. Shuningdek, ular asosan raqibini qo‘shimcha taymlarni o‘ynashga majbur qila oladi. Ehtimol, bugun Livakovich va Martinesning penaltilar seriyasida duelini ko‘rarmiz. 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 14:21, 13.12.2022.
O'qildi: 2204 marta.
Fikrlar: 28 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.