Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Zlatko Dalich: «Biz Argentinaning o‘yin uslubiga moslashmaymiz»

Zlatko Dalich: «Biz Argentinaning o‘yin uslubiga moslashmaymiz»

Baho:
+ | -

Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zlatko Dalich JCH-2022 yarim finalidan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

— Biz dunyoning eng kuchli to‘rt jamoasidan biriga aylandik, bu Xorvatiya uchun ulkan yutuq. Ketma-ket ikki mundialdan buyon bu vazifani uddalayotganimiz, albatta, yaxshi. Endi undan ham ko‘prog‘ini xohlaymiz.

Biz ajoyib formadagi Argentinaga qarshi maydonga tushamiz. Leo Messi boshchiligidagi ajoyib jamoa. O‘z futbolchilarimga ishonaman. Biz ularning o‘yin uslubiga moslashmaymiz. Xorvatiya o‘z o‘yinini Argentinaga singdiradi.

Xorvatiyada hamon kuch borligi haqida
— Ikkita penaltilar seriyasigacha bo‘lgan o‘yinlarda ishtirok etib, ancha quvvatimizni yo‘qotdik. Biroq biz Jahon Chempionati yarim finalidamiz, shuning uchun kuchimiz qolmagani haqida gapirishdan ma’no yo‘q. Bizda hamon kuch bor, bunga shubha qilish kerakmas. Boshqa o‘yinlardagi singari maksimum harakat qilamiz.

Yaxshi vaziyatdamiz — jarohatlardan muammolar yo‘q, yigitlar sog‘lom va yaxshi formada. Ular yetarlicha dam oldi, deb o‘ylayman. Ulardan «charchadingmi?», deb so‘ramayman. Futbolchilar charchashni istamaydi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:10, 13.12.2022.
O'qildi: 1398 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.