Italiya termasining sobiq himoyachisi Marko Materassi Argentina JCH-2022da g‘alaba qozonishi kerak, deb hisoblaydi.
“Umid qilamanki, Argentina jahon chempionatini yutadi. Men Messi uchun xursandman. U ko‘p yillar davomida futboldan zavqlangan va bu kubokni olishga loyiq" - deya Materassi so‘zlarini keltiradi Football Italia.
JCH-2022da 35 yoshli argentinalik futbolchi 6ta o‘yinda qatnashib, beshta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.