Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Lionel Messi va Kilian Mbappe. Final oldidan ikki klubdoshning natijalari qanday?

Lionel Messi va Kilian Mbappe. Final oldidan ikki klubdoshning natijalari qanday?

Baho:
+ | -

Lionel Messini oldinda yakshanba kungi bo‘ladigan o‘ta muhim o‘yin kutib turibdi. Argentina va Fransiya to‘qnashuvi afsonaviy futbolchining so‘nggi 15 yildagi ikkinchi finali bo‘ladi. U oldinroq, ushbu final o‘zi uchun so‘nggisi bo‘lishini ochiq tan olgandi. Garchand Messi va uning finaldagi raqibi bo‘lgan Mbappe yoshlari orasida 12 yillik farq bo‘lsada, Jahon chempionatidagi statistika borasida bu nomlarni unchalik katta masofa ajratmaydi. Quyida shu haqida so‘z boradi.

Mbappening natijalari hali oshadi. Ammo Messi o‘z faoliyatidagi beshinchi Jahon chempionatini o‘tkazmoqda. Garchanda Messidan 12 ta kam o‘yin o‘tkazgan bo‘lsada, mundialdagi Mbappe va Messi urgan gollar orasidagi farq juda kichik, 2 tani tashkil qiladi. Ya’ni, Messi bor-yo‘g‘i ikkita gol bilan ustunlikka ega. Bu juftlikning qarama-qarshiligida o‘ziga xoslik mavjud. Xususan, ular bundan to‘rt yil oldin nimchorak finalda to‘qnash kelgan. O‘sha o‘yinda Mbappe dubl qayd etgan. Hisob 4-3 bilan fransuzlar foydasiga hal bo‘lgan. Ayni damda "PSJ"dagi klubdoshlar Qatardagi turnirda beshtadan gol urib, to‘purarlik poygasida faol bo‘lib turibdi.
Messining Jahon chempionatlaridagi statistikasi 25 ta o‘yinda 11 ta golga teng. Mbappeniki esa 13 ta bahsda 9 ta goldan iborat.

Futbolchilarning gollarini o‘rtacha oladigan bo‘lsak, Messi har 199 daqiqada bitta gol urgan bo‘ladi. Mbappe esa bu ishni har 112 daqiqada bajargan. Ammo ular o‘rtasida, assistlar borasida katta farq bor. Albatta, Messi bu ishning ustasi. U jami 8 marta assistentlik qilgan. Mbappeda bu ko‘rsatkich 2 taga teng. Shuni ham yoddan chiqarmaslik kerakki, Mbappe hech qachon JCH bahslarini boshi egik holda tark etmagan. Messida esa bu holat 15 yildan beri qaytalanadi. Argentina oxirgi marta finalga 2014 yilda yetib kelgan va Germaniyaga mag‘lub bo‘lgan. Hozir esa Messiga ikkinchi imkon berildi. Bundan foydalanish esa futbolchining o‘ziga bog‘liq.

Kilian Mbappe Fransiya terma jamoasi libosida finaldagi mag‘lubiyat nima ekanini deyarli bilmaydi. U bir marta chempion bo‘lgan. Yakshanba kuni esa buni ikkitaga yetkazishi mumkin bo‘ladi. Ammo bir narsa aniq, Messi va Mbappe o‘rtasidagi eng muhim natija borasida 23 yoshli futbolchi ustun – u allaqachon Jahon chempioni.

Eslatib o‘tamiz, Argentina va Fransiya o‘rtasidagi final bahsi 18 dekabr kuni, O‘zbekiston vaqti bilan 20:00da start oladi. Bahsni SPORT TV telekanali orqali tomosha qilishingiz mumkin bo‘ladi.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 09:05, 15.12.2022.
O'qildi: 7002 marta.
Fikrlar: 22 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.