Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Fernandu Santush: «Terma jamoada ishlar ekansan qiyin qarorlar chiqarishga majbursan va undan norozilar doim bo‘ladi»

Fernandu Santush: «Terma jamoada ishlar ekansan qiyin qarorlar chiqarishga majbursan va undan norozilar doim bo‘ladi»

Baho:
+ | -

Portugaliya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Fernandu Santush iste’fodan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Jamoani ulkan minnatdorchilik kayfiyatida tark etaman. Terma jamoa murabbiyi bo‘lish, vatan sha’nini himoya qilish — ulkan sharaf. Bu men amalga oshirgan orzu, erishgan maqsad bo‘ldi.

Men bilan 2014 yildan shu vaqtga qadar ishlagan barcha futbolchilarga rahmat aytaman. Jamoani boshqarar ekansan, qiyin tanlovlar qilishingga to‘g‘ri keladi va albatta, qarordan norozilar doim bo‘ladi. Biroq doim qarorlarni terma jamoa foydasini ko‘zlab chiqarganman.

Shuningdek, hamkasblar, federasiya, birga ishlagan barchaga tashakkur aytaman. Va albatta, portugaliyalik muxlislarga rahmat aytishni istardim. Endi men ham sizlar kabi terma jamoa muxlisiga aylanaman», — deydi Santush.

Santush qo‘l ostidagi jamoa JCH—2022 chorak finalida Marokashga yutqazib (0:1), musobaqa bilan xayrlashdi. Ushbu musobaqadan keyin Portugaliya futbol federasiyasi mutaxassis bilan 2024 yilga qadar mo‘ljallangan shartnomani to‘xtatdi.

Santush 2014 yildan buyon buyon Portugaliyani boshqarib kelayotgan edi. Uning qo‘l ostida jamoa Yevro—2016 va 2019 yilgi Millatlar Ligasida g‘alaba qozongan.

Santush Portugaliya boshqaruvida 109 ta o‘yin o‘tkazdi. Ularda 67 ta g‘alaba, 19 ta mag‘lubiyat va 23 ta durang natija qayd etilgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 15:02, 16.12.2022.
O'qildi: 1213 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик