Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Ommaviy futbolni yanada rivojlantirish maqsadida “Maktabda futbol” loyihasi ishga tushiriladi

Ommaviy futbolni yanada rivojlantirish maqsadida “Maktabda futbol” loyihasi ishga tushiriladi

Baho:
+ | -

Ayni kunlarda Halqaro futbol kuni munosabati bilan Respublikamizning barcha hududlarida futbol festivallari bo‘lib o‘tmoqda. Poytaxtimizda joylashgan 102-umumta’lim maktabida ham bayram tadbirlari o‘tkazildi. Festival davomida maktab o‘quvchilari O‘zbekiston milliy va futzal terma jamoalari futbolchilari bilan birgalikda mahorat darslarida ishtirok etishdi. Tadbirning ikkinchi qismida O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Unda yurtimizda futbolni rivojlantirish va ommalashtirish, avvalo, maktablardan boshlanishi ta’kidlandi. Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov endilikda maktablarda futbol ta’limini yaxshilash, o‘quvchilar o‘rtasidagi musobaqalarni ko‘paytirish va ular orasidan iste’dodlilarini aniqlashga qaratilgan aniq vazifalar belgilab olinishini aytib o‘tdi.

O‘z o‘rnida O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirib, FIFA, Xalq ta’limi vazirligi va O‘FA o‘rtasidagi “Maktabda futbol” loyihasi kelajakda yosh futbolchilarni kashf qilishiga xizmat qilishini aytib, maktab o‘quvchilari orasidan professional futbolchilar yetishib chiqishiga ishonch bildirdi.

“Futbol bolalarimizni sog‘lom bo‘lib voyaga yetishlariga ko‘maklashishdan tashqari, ularda jamoa bilan birgalikda ishlash, yetakchilik va tezkor fikrlash kabi sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi”, dedi Ravshan Irmatov.

Uchrashuvda Xalq ta’limi vazirligi va O‘FA o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida Memorandum imzolandi. Unga ko‘ra, ommaviy futbolni rivojlantirish, maktablarda o‘g‘il-qizlar o‘rtasida musobaqalarni tizimli o‘tkazib borish, futbol infratuzilmasiga ega Respublikamizning barcha hududlaridagi maktablarda futbol darslarini tashkil etish hamda jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini O‘FA tomonidan “C” lisenziyasi bo‘yicha murabbiylikka o‘qitish ko‘zda tutilgan.

Uchrashuv yakunida maktab o‘quvchilariga O‘zbekiston futbol assosiasiyasining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Kiritildi: 17:16, 16.12.2022.
O'qildi: 1375 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.