Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 18:45 As-Siyb 0-3 Al-Hussayn
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:00 Ist Bengal 2-3 Ash-Shorta
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod 1-2 Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Futbolchilarining JCH-2022'da ishtiroki uchun FIFAdan eng ko‘p pul oladigan klublar ma’lum bo‘ldi

Futbolchilarining JCH-2022'da ishtiroki uchun FIFAdan eng ko‘p pul oladigan klublar ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

FIFA Jahon Chempionatida qatnashadigan klublar uchun imtiyoz tariqasida 209 million dollar ajratadi, deya xabar qilmoqda The Times.

Har bir klub turnirda ishtirok etayotgan futbolchilarining soniga va ularning muvaffaqiyatiga qarab pul oladi. Taqsimotda barcha o‘yinchilar maydonga tushgan yo tushmaganidan qat’i nazar hisobga olinadi. Biroq futbolchi klubda ikki yildan kam vaqt o‘tkazgan bo‘lsa, to‘lovning bir qismi avvalgi klubiga to‘lab beriladi.

Eng katta to‘lovni «Manchester Siti» oladi. «Shaharliklar»ga JCH-2022'da ishtirok etgan 16 futbolchisi uchun 5,6 million dollar to‘lanadi.

«Barselona» 4,1 million dollar oladi — 2022 yilgi mundialda klubning 17 nafar futbolchisi ishtirok etdi, ularning 8 nafari 1/8 finalda musobaqani tark etgan Ispaniya terma jamoasi sharafini himoya qilgandi. Mazkur 17 futbolchidan tashqari jamoani tark etgan yana yetti nafar o‘yinchi ham jamoaga daromad keltirgan (Messi — 120 ming, Grizmann — 150 ming dollar).

Turnirda 13 nafar futbolchisi qatnashgan «Manchester Yunayted» esa 3,62 million dollarga ega bo‘ladi.

«Chelsi» 12 nafar o‘yinchisi uchun 3,05 million, «Tottenhem» 11 futbolchi uchun 2,88 million, «Arsenal» — 2,61 million (10 futbolchi), «Liverpul» — 1,92 million dollar (7 futbolchi) oladigan bo‘ldi.

APLdan «Bornmut», «Kristal Pelas» va «Sauthempton» jamoalariga eng kam to‘lovlar amalga oshiriladi. Ularning har biri 360 ming dollardan pul miqdoriga ega bo‘ladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:33, 16.12.2022.
O'qildi: 9801 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик