Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Dushmanchilik ham evi bilan-da...

Dushmanchilik ham evi bilan-da...

Baho:
+ | -

KXDRda Janubiy Koreya milliy jamoasining JCH-2022dagi faqat bitta o‘yini namoyish etildi.

 Tushunarliki, Braziliya termasiga qarshi kechgan va koreyslarning yirik hisobli mag‘lubiyatlari bilan xotima topgan uchrashuvni! Ko‘rinishidan, KXDR davlat televideniyesi Janubiy Koreya futbolining 1|8 finaldagi omadsiz o‘yinini bejiz namoyish etmagan. Binobarin, Shimoliy Koreyada janublik millatdoshlarning har qanday muvaffaqiyatsizliklari alohida nishonlanishi odat tusiga kirib ulgurgan...

Xullas, NK News xabariga ko‘ra, KXDR markaziy televideniyesi Janubiy Koreya termasining JCH-2022 1|8 finalidan o‘rin olgan omadsiz o‘yinini translyasiya qildi, xolos. Eslatma, Son Xyun Min va uning jamoadoshlari bu bahsda braziliyaliklarga teng kelolmay, 1:4 hisobida yutqazishdi va turnirdan chiqib ketishdi. Umuman, KXDR hududida joriy jahon chempionatining aksariyat o‘yinlari 1-2 kunlik kechikish bilan nomoyish etildi. Ayniqsa, AQSH va Yaponiya termalari ishtirokidagi bahslar. Ammo Janubiy Koreya termasining guruh bosqichidan o‘rin olgan biror uchrashuvi efirga uzatilmadi.

Qo‘shimcha qilinishicha, KXDRda Janubiy Koreya va Yaponiya milliy jamoalarining JCH-2014dagi o‘yinlari ham ko‘rsatilmagandi. JCH-2018da esa faqat yaponlar ishtirokidagi bahslar «qora ro‘yxat»ga tushirilgan. Oddiy aytganda, Yaponiya va AQSH termalari o‘yinlari (ayniqsa, bu jamoalar g‘alaba qozonsa)ni ko‘rsatish KXRD milliy televideniyasi uchun noodatiy holdir. 

E’tiborli tomoni, Janubiy Koreya va Braziliya o‘rtasidagi o‘yin boshlanishidan oldin KXDR televideniyesi sharhlovchisi janublik qo‘shnilar jamoasi tarkibini to‘liq e’lon qildi - bunisi endi shimolliklar uchun g‘ayrioddiy holat. Zero, odatda KXDRda Janubiy Koreya ishtirokidagi sport musobaqalariga e’tibor qaratilmaydi, o‘yinlar ko‘rsatilgan taqdirda ham, janubliklar ism-familiyasi tilga olinmaydi. Bundan tashqari, o‘yin tran­slyasiyasida maydon cheti va stadion atrofiga joylashtirilgan reklamalar senzurasiz namoyish etilgani yangilik bo‘ldi. Shu tariqa yopiq mamlakat fuqarolari Coca Cola va Hyundai kabi turli kompaniyalar mahsulotlari reklamasini ko‘rishdi. Vaholanki, bu brendlar KXDRga hali kirmagan.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 06:00, 19.12.2022.
O'qildi: 8602 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.