Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm

Luisma Ernandessiz “Metallurg” shu hafta yig‘inga kirishadi

Luisma Ernandessiz “Metallurg” shu hafta yig‘inga kirishadi

Baho:
+ | -

Dekabr oyining so‘nggi haftasida Bekobodning “Metallurg” jamoasi keyingi mavsum uchun ilk tayyorgarlik yig‘inini boshlaydi. O‘tgan yilgi tarkib o‘zagini saqlab qolgan jamoa mashg‘ulotlarini mahalliy murabbiylar olib borishadi. Jamoa bosh murabbiyi ispaniyalik Luisma Ernandes esa Yangi yil bayramidan so‘ng Bekobodga yetib kelishi va yig‘inga boshchilik qilishi kutilmoqda.

Ayni paytga kelib klubni tark etgan futbolchilar ham bor. Jumladan, “Metallurg” himoyachi Abbos Otaxonov, hujumchilar Jasur Xolto‘rayev hamda Boburbek Farhodovlar bilan xayrlashdi.

Yangi mavsum arafasida jamoa tarkibida bir qator yangi futbolchilar paydo bo‘lishi kutilmoqda. Hozircha muzokaralar davom etmoqda. “Metallurg” safiga kelib qo‘shiladigan o‘yinchilar haqida yig‘in boshlangandan keyin qo‘shimcha ma’lumot beramiz.

Yana bir ma’lumot, jamoaning iqtidorli yoshlaridan Humoyunshoh Sayyotov hamda Shahzodjon Ne’matjonovlar shu kunlarda poytaxtimizdagi “Chig‘atoy” sport majmuasida O‘zbekiston U-20 terma jamoasining yig‘inida qatnashishyapti.

Manba: "Металлург" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 11:33, 21.12.2022.
O'qildi: 996 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.