Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Shaxmat. Abdusattorov Ozarboyjondagi «blis»da peshqadamlar safida bormoqda

Shaxmat. Abdusattorov Ozarboyjondagi «blis»da peshqadamlar safida bormoqda

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, Ozarbayjonning Boku shahrida shaxmat bo‘yicha rapid+blis yo‘nalishida "Vugar Gashimov"  xalqaro turniri bo‘lib o‘tyapti. Rapid yo‘nalishida Nodirbek Abdusattorov g‘olib chiqqan edi.

Kecha blis yo‘nalishining birinchi kun bahslarida 9 tur o‘yinlari o‘tkazildi. Hamyurtimiz 6ta o‘yinda g‘alaba qozongan bo‘lsa, 3ta bahsda imkoniyatni boy berdi. Shu bois, u 6 ochko bilan hozircha 3-o‘rinda bormoqda.

Kechagi o‘yinlardan so‘ng Shahriyor Mamedyarov (Ozarboyjon) 7 ochko, Sem Shenklend (AQSH) esa 6,5 ochko bilan dastlabki o‘rinlarni egallab turishibdi.

Bugun blis bahslari davom ettiriladi. Shaxmatchilar donalarning rangini almashib yana bir martadan kuch sinashishadi.

Hozircha rapid+blisda umumiy hisobda 20 ochko to‘plagan Nodirbek Abdusattorov yaqqol peshqadam bo‘lib turibdi. Ikkinchi o‘rinda borayotgan Valeo Pons (Ispaniya) hisobida 16,5 ochko bor.

Biz Nodirbekni blisda ham birinchi bo‘lishini hohlaymiz va bugungi partiyalarda g‘alabalar kutib qolamiz. Bugungi bahslar 16.00da boshlanadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:49, 23.12.2022.
O'qildi: 1839 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик