Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Mbappe o‘z qarorining jabrini chekishi mumkin. Uning uchun Madrid yo‘llari yopilib bormoqda

Mbappe o‘z qarorining jabrini chekishi mumkin. Uning uchun Madrid yo‘llari yopilib bormoqda

Baho:
+ | -

Mbappening kelajagi noaniqligicha qolmoqda. Kilian Parijni tark etishi uchun nima qilishi kerak?

Kilian Mbappe JCH-2022dan keyin ta’tilini bekor qildi va finaldan uch kun o‘tib mashg‘ulotlarga qaytdi. Forvard bosh murabbiy Kristof Galtye bilan uchrashdi va mashg‘ulotlarni tezroq davom ettirish istagini bildirdi. U bunga jismonan va ruhiy jihatdan tayyor ekanligini tasdiqladi. Mbappe jahon chempionati finalida uchta gol urdi, ammo Fransiya terma jamoasi Argentinaga yutqazdi (3:3, penaltilar seriyasida 2:4). Kilianni shunday alamli mag‘lubiyatdan keyin tezroq maydonga qaytish istagi uchun maqtash mumkin. Mbappening o‘yin-kulgilari, kutilganidek, hujumchining klubdagi faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin va jiddiy oqibatlarga olib keladi. Madridning «Real» klubi yaqin orada Kilian Mbappeni sotib olishni rejalashtirmayapti. Marca nashri xabariga ko‘ra, klub Mbappe va uning atrofidagilarning g‘alati harakatlaridan charchagan. «Real Madrid» rahbariyatining hech biri Kilian transferini amalga oshirish zarur deb hisoblamaydi. Prezident Florentino Peres kiyinish xonasida Vinisius Junior va Rodrigoning pozisiyalarini mustahkamlashga ustuvor ahamiyat beradi.

«Yo‘q, Mbappe haqidagi mish-mishlardan charchamadim. Ammo men bu haqda hech narsa o‘qimaganman! Vinisius va Rodrigo bilan bizni ajoyib kelajak kutmoqda. Bular «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan eng yaxshi futbolchilardir» — dedi Peres jahon chempionati boshlanishidan oldin. «Real Madrid» prezidentining Qatardagi turnirdan keyin ham pozisiyasi o‘zgarmadi. Ha, bu mavsumda Mbappe ajoyib statistika ko‘rsatmoqda. U «PSJ» safida barcha musobaqalarda 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Jahon chempionatida hujumchi yettita o‘yinda sakkizta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Kilian «Real»ga ko‘p narsa taklif qila oladi, ammo uning transferi ortidan bir qancha «nojo‘ya ta’sirlar» vujudga kelishi mumkin.

Peresning fikricha, jamoada va uning atrofida sog‘lom muhitni saqlab qolish ancha muhim. Mbappening shov-shuvli transferi esa klubga turli noqulayliklarni olib keladi. Bundan tashqari, moliyaviy omilni ham hisobga olish kerak.

«PSJ» bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra, Mbappe uch yil davomida 636 million yevro olishi kerak. Madrid klubining transfer xarajatlarining umumiy summasi esa uni sotib olishni hisobga olgan holda 1 milliard yevroni tashkil qilishi mumkin, futbolchining ish haqi va turli bonuslar ham bor. Bundan 20 yil oldin Peres shunday pul sarflashi mumkin edi, ammo «galaktikos» davri allaqachon o‘tib ketdi, hozir vaziyat boshqacha.

Birinchidan, klubning moliyaviy tizimi pandemiyadan so‘ng avvalgidek yaxshi ishlamayapti. Ikkinchidan, endi Florentino ancha pragmatik funksionerga aylandi va har bir tiyinni sanaydi. Uchinchidan, Mbappe muzokaralarda Peresni aldab, so‘nggi lahzada «Real»ni rad etdi. Madrid klubi prezidenti, albatta, Mbappe va uning atrofidagilarning intrigalarini unutmagan. Ehtimol, u bu xatti-harakatlarini shaxsiy haqorat sifatida qabul qilgan. Peres hujumda Karim Benzemaga tayanadi va Vinisius hamda Rodrigoning ahamiyati asta-sekin o‘sib borishiga ishonadi. Marca nashri xabariga ko‘ra, u Mbappeni emas, balki «Manchester Siti»dan Erling Xolandni sotib olishga harakat qiladi. Yaqin oradagi Endrik transferidan so‘ng Madrid klubi «Borussiya» yarim himoyachisi Jud Bellingemni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, shuning uchun agar klub ko‘p pul sarf qilmoqchi bo‘lsa, buni bir futbolchi uchun sarflash kerak emas.

Mbappening «PSJ»dagi kelajagi noma’lumligicha qolmoqda. Hujumchi «Real»ga o‘tishdan bosh tortgan va fransuz giganti bilan yangi shartnoma imzolaganidan keyin bir necha oy davomida xafa bo‘lib yurdi. Bu esa klubni parokandalikka olib keldi, deya xabar beradi The Athletic. Mbappe hujumdagi sherigi Neymar bilan kelishmovchilikni haligacha hal qilmagan. Maydondagi ikkala o‘yinchi ham hammasi joyida deb ko‘rsatishga harakat qiladi, ammo har qanday vaqtda kiyinish xonasida «portlash» xavfi bor. Bundan tashqari, Kilian «PSJ»ning transfer siyosatidan noroziligini bildirdi. Mavsum davomida klub prezidenti Nosir Al-Xelayfi va sport direktori Luis Kampos Mbappeni tinchlantirish maqsadida bir necha bor yuzma-yuz uchrashishdi. Ular Kilian qishki transfer oynasida ketmasligiga kelishib olgan ko‘rinadi. Biroq bu keyinchalik vaziyatga qarab ko‘rib chiqiladi.

Mbappe mavsumni Parijda talofatsiz yakunlay oladimi yoki yo‘q, bu katta savol. Jahon chempionati finalida Lionel Messining Fransiya ustidan qozonilgan g‘alabasiga u qanday munosabatda bo‘ladi? Shu sabab jamoada nizo kelib chiqadimi? Messi parijliklar bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishib oldi - Marcaning ta’kidlashicha, bu jamoaning yagona yetakchisi bo‘lmoqchi bo‘lgan Kilianga to‘g‘ri kelmaydi. Yoki yosh hujumchi yana rahbariyat bilan transfer siyosati borasida bahslasha boshlar? Ayrim nashrlar yaqinda Kilian go‘yoki klub rahbariyatiga yangi ultimatum qo‘yganini yozdi. 24 yoshli futbolchi Parij jamoasida qolishga tayyor, agar uchta shart bajarilsa: Neymarni sotish, «Tottenxem»dan Xarri Keynni sotib olish va Zinedin Zidanni bosh murabbiy etib tayinlash. Agar «PSJ» Mbappening talablarini bajarishdan bosh tortsa, u 2023 yoki 2024 yilning yozida klubni tekinga tark etadi. Manba shubhali, ammo talablar qo‘yish Kilian uslubiga juda mos keladi.

The Athletic 2023 yilgi mavsum oralig‘ida Mbappe atrofida yangi transfer ertaklari paydo bo‘lganini aytmoqda. «PSJ» hujumchini tekinga qo‘yib yubormoqchi emas. Parijliklar uning uchun 300-350 million yevro olmoqchi.Muzokaralar jarayonida ular albatta narxni pasaytiradi, biroq Mbappe uchun to‘lanadigan mablag‘ baribir yangi transfer rekordiga aylanishi mumkin. Dunyoda bu holatda «PSJ»ning moliyaviy ehtiyojlarini qondira oladigan klublar kam. Agar Florentino Peres o‘z pozisiyasini tubdan o‘zgartirmasa, «Real Madrid» u uchun da’vogarlar ro‘yxatidan chiqib ketadi.

«PSJ» Kilianni uning irodasiga qarshi Angliyaga sotishi mumkin, bu juda yomon sssenariy degani. Bunday vaziyatda hujumchi nima qilishi kerak? U faqat «PSJ» bilan munosabatlarni yaxshilash uchun qoladi, ammo buning uchun haddan tashqari egoizmni ham kamaytirish kerak bo‘ladi. Mbappe bunga erisha oladimi? Bu savolga javob Yevropa futbolining 2023 yildagi asosiy intrigalaridan biridir.

Kiritildi: 16:34, 28.12.2022.
O'qildi: 4684 marta.
Fikrlar: 29 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.