"PSJ" hujumchisi Neymar joriy mavsumda o‘ziga xos natijaga erishdi.
Braziliyalik futbolchi Yevropaning top-5 ligalaridan birida kamida 10 ta gol urgan va 10 ta golli uzatmani amalga oshirgan birinchi futbolchiga aylandi.
Bugun 30 yoshli himoyachi Fransiya chempionatining 16-turidan o‘rin olgan “Strasburg”ga qarshi o‘yinning 14-daqiqasida Markinyosga assistentlik qildi.
Umuman olganda, Neymar hozirda Liga 1 joriy mavsumida 11 ta gol va 10 ta golli uzatmaga ega.