Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Messi L'Equipe versiyasiga ko‘ra, yilning eng yaxshi sportchisi bo‘ldi

Messi L'Equipe versiyasiga ko‘ra, yilning eng yaxshi sportchisi bo‘ldi

Baho:
+ | -

"PSJ" va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi L'Equipe nashri tomonidan 2022 yilning eng yaxshi sportchisi deb topildi. Ikkinchi o‘rin fransiyalik hujumchi Kilian Mbappega nasib etdi.

35 yoshli argentinalik 808 ochko, 24 yoshli fransiyalik 381 ochko jamg‘argan. Uchinchi pog‘onadagi ispaniyalik tennischi Rafael Nadal 285 ball to‘plagan.

2022 yilning eng yaxshi 10 nafar sportchisi:

1. Lionel Messi (futbol, 808 ochko)
2. Kilian Mbappe (futbol, 381)
3. Rafael Nadal (tennis, 285)
4. Remko Evenepul (velosiped, 252)
5. Maks Ferstappen (Formula 1, 196)
6. Karim Benzema (futbol, 195)
7. Armand Dyuplantis (engil atletika, 185)
8. Stiven Karri (basketbol, 139)
9. Antuan Dyupon (regbi, 105)
10. David Popovich (suzish, 98 yosh)

2022 yilda Messi PSJ va Argentina terma jamoasi safida 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 25 ta gol urdi va 29 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U jahon chempioni bo‘ldi, Finalissima, Fransiya Superkubogi va chempionatni qo‘lga kiritdi. Qatardagi jahon chempionatida u 7 ta gol urib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirib, turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

2022 yilda Mbappe PSJ va Fransiya terma jamoasi safida 54 ta o‘yinda maydonga tushib, 53 ta gol urdi va 19 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Parij klubi bilan u Liga 1da g‘olib chiqdi. Milliy terma jamoa bilan 2022 yilgi jahon chempionatida ikkinchi o‘rinni egallab, turnirning eng yaxshi to‘purariga aylandi (8 gol).

Dunyoning eng yaxshi sportchisi uchun mukofot L'Equipe tomonidan 1975 yildan beri berilib keladi.

Kiritildi: 20:35, 06.01.2023.
O'qildi: 923 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.