Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 19:00 Al-Ayn 1-2 Al-Ahli (SA)
25/11 21:00 Istiqlol 0-0 Paxtakor
25/11 21:00 Al-G‘arafa 1-3 An-Nasr (SA)
25/11 22:30 Empoli 1-1 Udineze
25/11 23:00 Ar-Rayyan - Persepolis
26/11 00:45 Venetsiya 0-1 Lechche
26/11 01:00 Nyukasl 0-2 Vest Xem
26/11 15:00 Ulsan Xyonde 1-3 Shangxay Port
26/11 15:00 Vissel Kobe 3-2 Sentrel Kost
26/11 17:00 Buriram Yunayted 0-3 Kavasaki Frontale
26/11 17:00 Shandong Taishan 1-0 Johor Dorul Ta'zim
26/11 21:00 As-Sadd 0-1 Al-Hilol
26/11 21:00 Ash-Shorta 1-2 Al-Vasl

Kashfiyotlar: Bir chaqnash effektimi yoki munosib voris?

Kashfiyotlar: Bir chaqnash effektimi yoki munosib voris?

Baho:
+ | -

Mana, chempionat tugadi va endi 1|8 final bosqichidan o‘rin olgan o‘yinda butun Portugaliya uchun yangi qahramon rolida gavladangan «Benfika»ning 21 yoshli vunderkindi Gonsalu Ramush bilan yaqinroq tanishish vaqti keldi. Qiziq, uning jasorati (6:1 hisobida yakunlangan bahs­da «xet-trik»ka erishgandi) - bir chaqnash effektimi yoki yigitcha chindan ham, Ronaldu izdoshi bo‘lish salohiyatiga ega?

Yigitcha qayerdan keldi?

Gonsalu Ramush - «Benfika» tizimidan porlab chiqqan navbatdagi markaziy hujumchi. Bo‘yi - 185 sm. 21 yoshli yigitcha Portugaliya janubidagi Olyan shaharchasida tug‘ilgan. Gonsalu - «Farense» klubi sobiq vingeri Manuel Ramushning o‘g‘li. U keng doirada aynan JCH-2022 1|8 finalidan keyin tanildi. Biroq qiziquvchanroq muxlislar Ramushni oldinroq kashf etishgandi o‘zlari uchun. Hujumchi futbol ta’limotini mahalliy «Olyanense» klubida ola boshlagan, 13 yoshida esa «Benfika» tizimiga o‘tgan. Yigitcha Lissabon muhitiga tezda moslashib, ham klub, ham terma jamoa tizimida deyarli barcha yosh toifalarini bir tekisda zabt etdi. Goncalu birinchi marta U-19 toifasidagi Yevropa chempionatida baralla ovoz chiqardi - 3ta o‘yinda 4ta gol. Shuningdek, yoshlar o‘rtasidagi Yevro-2021 saralashi doirasidagi 10ta uchrashuvda qatnashib, 12ta gol bilan eng yaxshi to‘purarga aylandi. Biroq final raundining o‘zida Portugaliya termasi asosiy futbolchilari qatoriga kirolmadi 1|4 finalda italyanlar darvozasini nishonga olib, jamoaciga katta yordam bergan bo‘lsada. 

Gonsaluning klub futbolidagi taraqqiyot yo‘liga kelsak, iqtidorli hujumchi mavsum-2019|2020da asosan «Benfika» yoshlar jamoasida o‘ynadi. Muhimi, 8ta gol bilan yoshlar o‘rtasidagi CHL bosh to‘purari bo‘ldi. O‘sha turnir guruh bosqichida atigi 2ta gol urgan Ramush «pley-off» raundlarida ketma-ket «dubl»ga erishib, jamoasining finalga chiqishida katta rol bajardi. U hal qiluvchi o‘yinda ham yana bir «dubl» rasmiylashtirdi, ammo «Benfika» yoshlari yakunda «Real» o‘rinbosarlariga bas kelolmadilar (2:3), baribir. Aynan o‘sha mavsum iqtidorli hujumchini jiddiyroq o‘yinlarda ham sinab ko‘rishga tushdilar. Aniqrog‘i, Ramush «Benfika» tizimidagi 4ta yosh toifasida ko‘rinish berdi, jumladan, asosiy jamoada ham. E’tiborlisi, uning kattalar tarkibidagi debyuti ham xuddi Shveysariya termasiga qarshi kechgan o‘yindagi kabi effektli chiqqandi - «Aves» darvozasiga oxirgi 3 daqiqada 2ta gol.

Gonsalu JCHga qadar umumiy hisobda «Benfika» tuzilmasidagi jamoalarning jami 135ta rasmiy o‘yinida qatnashib, 55ta gol urdi va yana 19tasiga assistentlik qildi. Asosiy jamoa safidagi statistikasi ham chakki emas - 80ta o‘yinda 38ta golga hissa qo‘shdi. Ha, bu familiya­si Xoland yoki Mbappe bo‘lmagan futbolchi uchun juda yaxshi ko‘rsatkich. Qolaversa, Gonsalu ko‘p qirrali futbolchi, har holda, qisqa fao­liyatida hujumning barcha pozisiyalarida o‘ynab chiqishga ulgurdi. 2019 yilning yozidayoq Ramushga «Bavariya»­ning qiziqayotgani haqida xabarlar chiqqani ham bejiz emas. To‘g‘ri, yigitcha o‘shanda «Benfika»da qolishni ma’qul ko‘rdi va hozir bundan afsuslanmayotgan bo‘lsa kerak.

«Benfika» ishonchi ortidan

«Benfika» yoz-da ikki asosiy hujumchisi - Darvin Nunyes va Xaris Seferovich bilan xayrlashdi. Klub Gonsalu transferi bo‘yicha ham aniq takliflar olgandi. Jumladan, «Sautgempton» portugaliyalik uchun 25 million funt sterling berishini ma’lum qildi. Qolaversa, «Lids», «Everton», «Atletiko» va «Valensiya» klublari ham Ramush masalasida lissabonliklar bilan aloqaga chiqishdi. «Benfika» rahbariyati esa ketganlar o‘rnini klub tarbiyalanuvchisi bilan to‘ldirishga qaror qilib, yigitchaga katta ishonch bag‘ishladi. Gonsaluning o‘zi ham jamoadan ketmoqchi emasdi: «Birinchidan, amalda shart­nomam bor, ikkinchidan, endi 21 yoshdaman. Qolaversa, «Benfika»da hali hammasini isbotlaganimcha yo‘q. Kamida yana 1-2 mavsum shu yerda qolganim ma’qul. Shularni o‘ylab, agentim ilgari surgan takliflarni rad etdim». Bu qaror samarasi darhol bilindi - chempionatning dastlabki 11ta o‘yinida 9ta, CHL saralashida  4ta va guruh bosqichida 1ta gol. Bundan tashqari, 6ta samarali uzatma. Aynan shu natijalar tufayli Fernandu Santush Portugaliya termasi tarkibida Ramushga ham joy ajratdi. E’tiborlisi, Gonsalu milliy jamoadagi deb­yutini JCH starti arafasida, Nigeriya termasiga qarshi «o‘rtoqlik»da nishonladi. Yana bir effektli qo‘shilish - 66-daqiqada maydonga tushgan yangi hujumchi o‘z hisobiga 1tadan gol va samarali uzatma yozib qo‘yish asnosida murabbiylar shtabi ishonchiga kirdi.

JCH-2022ga kelsak, Ramush Shveysariya termasiga qarshi o‘yinga qadar 2 marta maydonga tushdi - 88-daqiqa (ganaliklar bilan o‘yin) va 82-daqiqa (urugvayliklar bilan o‘yin)da. E’tiborlisi, u har ikki holatda Ronaldu o‘rnini egalladi. Qisqasi, Santush «pley-off» o‘yinida Krishtianuni zaxirada qoldirib, Ramushga ishonch bildirishini hech kim kutmagandi.

Ronaldu bilan taqqoslash noo‘rin

Gonsalu Ramush ham o‘ta universal futbolchi. Biroq uni Ronaldu bilan taqqoslash to‘g‘ri emas. Chunki yigitcha mutlaqo boshqacha uslubda o‘ynaydigan hujumchidir. Deylik, ko‘pincha tor masofada o‘zini yaxshi sezadi va ikkinchi to‘l­qin hujumiga qo‘shilishni xush ko‘radi. Yana maydonning yarmigacha qaytishga mo­yil. Ronalduga o‘xshash tomoni - to‘pni yaxshi olib yuradi va shuning uchun «Benfika»da «sehrgar» laqabini olgan.

Ravshan IBROHIM tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:58, 06.01.2023.
O'qildi: 1543 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.