Ispaniyaning nufuzli Diario Sport nashri bergan xabarga ko‘ra, “Barselona” klubi rahbariyati yozgi transfer oynasida Markus Reshford hamda Runi Bardji xizmatlaridan voz kechishi mumkin. Har ikki futbolchi ham jamoaning kelasi mavsum uchun mo‘ljallangan asosiy rejalariga kiritilmagan.
Yaqindagina amalga oshirilgan Entoni Gordon transferidan so‘ng, Kataloniya grandi hujum chizig‘ini yanada kuchaytirishni maqsad qilgan. Bu esa Reshford va Bardjining klubdagi kelajagini so‘roq ostida qoldirmoqda.
O‘tgan mavsumni “ko‘k-anorranglilar” safida ijarada o‘tkazib, ijobiy taassurot qoldirgan 28 yoshli Reshfordning to‘liq transferini sotib olish borasida muammolar yuzaga kelgan. Futbolchining shartnomasida ko‘rsatilgan 30 million yevrolik tovon puli va uning yuqori maoshi kataloniyaliklar uchun moliyaviy qiyinchilik tug‘dirmoqda. “Manchester Yunayted” rahbariyati ushbu summani kamaytirishga rozi bo‘lmayotgani sababli, hujumchining Angliyaga qaytish ehtimoli yuqori baholanmoqda.
Shuningdek, yosh iqtidor egasi Runi Bardji ham Lamin Yamal bilan raqobat tufayli o‘tgan mavsumda yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lolmadi. Shu sababli futbolchi jamoani ijara asosida yoki butunlay tark etishga yaqin turibdi.
Xabarda aytilishicha, “Barselona” rahbariyati Bargjining o‘rnini erkin agent maqomida bo‘lgan tajribali Bernardu Silva bilan to‘ldirishni rejalashtirmoqda.













