Nigeriyalik hujumchi Viktor Osimxen o‘z klubi «Galatasaroy»da 9-raqamni olishdan voz kechdi. U hozirgi 45-raqamida qolishni afzal ko‘rdi. Bu haqda derbyderbyderby.it xabar bermoqda.
Gap shundaki, 45-raqam Osimxen uchun alohida ahamiyatga ega — u 2018/2019 yilgi mavsumda Belgiyaning «Sharlerua» klubida shu raqam ostida to‘p surgan va aynan o‘shanda ilk bor o‘zini ko‘rsatib, tez orada Italiyaning «Napoli» klubi bilan shartnoma imzolagan edi. U yerda u to‘rt yil o‘tkazdi va 2024 yilda A Seriyani tark etib, Turkiya Superligasiga o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya chempionatining yangi mavsumi bir haftadan so‘ng — 14 avgust kuni boshlanadi.













