Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 20:00 Levante - Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

«Real» yozgi transfer oynasida 24 ta bitimni amalga oshirdi, yana to‘rttasi kutilmoqda

«Real» yozgi transfer oynasida 24 ta bitimni amalga oshirdi, yana to‘rttasi kutilmoqda

Baho:
+-1 | -

Madridning «Real» klubi yozgi transfer oynasida 24 ta bitimni amalga oshirib bo‘ldi, transferlar yopilguniga qadar esa yana to‘rtta harakatni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Ispaniyaning Marca nashri «Qirollik klubi»ning yozgi transfer faolligini xronologik tartibda taqdim etdi va madridliklarning keyingi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

«Real»ning 2026 yilgi yozgi transfer oynasidagi 24 ta bitimi:

  1. «Real» shartnomasi uzaytirilmagan himoyachi Daniel Karvaxal bilan xayrlashganini e’lon qildi.

  2. Himoyachi David Alaba klubni erkin agent sifatida tark etdi.

  3. Ispaniyalik Alvaro Arbeloa besh oylik faoliyatidan so‘ng bosh murabbiylik lavozimini tark etdi.

  4. Portugaliyalik Joze Mourinyo «Real»ning yangi bosh murabbiyiga aylandi.

  5. Himoyachi Mark Kukurelya «Chelsi»dan 55 million yevro evaziga «Real»ga o‘tdi.

  6. Himoyachi Antonio Ryudiger bilan shartnoma bir yilga uzaytirilgani ma’lum qilindi.

  7. Yarim himoyachi Bernardu Silva «Manchester Siti»dan erkin agent sifatida o‘tdi va ikki yillik shartnoma imzoladi.

  8. Himoyachi Ibraima Konate «Liverpul»dan «Real»ga tekinga o‘tdi.

  9. «Real» yarim himoyachi Daniel Sebalyos bilan shartnomani bekor qildi.

  10. «Inter»dan himoyachi Denzel Dumfris 20 million yevro evaziga o‘tdi.

  11. Hujumchi Karlos Espi «Levante»dan 25 million yevro evaziga o‘tib, klubning beshinchi yangi xarid qilingan futbolchisiga aylandi.

  12. «Xetafe» madridliklar tarbiyalanuvchisi Mario Martinning 50% huquqi uchun 3,5 million yevro to‘ladi.

  13. «Real» «Komo»dan yarim himoyachi Niko Pas uchun 60 million yevro oldi, madridliklarda 2027 yilning yozida uni qayta sotib olish opsiyasi mavjud.

  14. Vinger Viktor Munyos «Osasuna»dan «Liverpul»ga 40 million yevroga o‘tdi, «Real» esa bu transferdan 20 million yevro oldi.

  15. «Elche» hujumchi Alvaro Rodrigesni «Bornmut»ga 25 million yevroga sotdi, ushbu summaning 12,5 million yevrosi «Real»ga tegdi.

  16. Himoyachi Fran Garsiya «Real»dan «Betis»ga 3+1 million yevro evaziga o‘tdi.

  17. «Milan» «Lasio»dan himoyachi Mario Xiluni 30 million yevroga sotib oldi, ushbu summaning 15 million yevrosini «Real» oldi.

  18. Himoyachi Viktor Valdepenyas «Real»dan «Fiorentina»ga o‘tdi. Futbolchining 50% huquqi uchun 8 million yevro to‘landi va madridliklarda qayta sotib olish imkoniyati qoldi.

  19. Klub tarbiyalanuvchisi Gonsalo Garsiya «Fulxem»ga 40 million yevroga o‘tdi, «Real»da kelajakdagi sotuv summasining 30% miqdori qoldi.

  20. Yarim himoyachi Sesar Palasios ham xuddi shu shartlar asosida 10 million yevro evaziga «Fulxem»ga o‘tdi.

  21. Darvozabon Fran Gonsalesining 50% huquqi «Sevilya»ga 3 million yevroga sotildi.

  22. Vinger Yan Diomande «RB Leypsig»dan 125+15 million yevro evaziga xarid qilindi va 2033 yilgacha mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi.

  23. Braziliyalik Vinisius Junior «Real» bilan shartnomasini 2032 yilning yozigacha uzaytirdi.

  24. Argentinalik Franko Mastantuono sotib olish huquqisiz bir yilga «Fiorentina»ga ijaraga berildi.

Manbaga ko‘ra, transfer oynasining qolgan 25 kunida «Real» yana to‘rtta bitimni amalga oshirishni rejalashtirmoqda: yarim himoyachi Tyago Pitarch «Fulxem»ga o‘tishi mumkin, himoyachi Raul Asensio pozisiyasidagi beshinchi tanlov bo‘lgani uchun jamoani tark etishi kutilmoqda, fransiyalik Eduardu Kamavinga qolmoqchi bo‘lsa-da, klub uni sotish niyatida, hujumchi Endrikni esa ijaraga yuborishmoqchi.

Kiritildi: 15:20, 08.08.2026.
O'qildi: 4771 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик