Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

"Monreal"ga qarshi gol Messini tarixiy marraga olib chiqdi

"Monreal"ga qarshi gol Messini tarixiy marraga olib chiqdi

Baho:
+ | -

"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi klublar miqyosidagi faoliyatida 800 ta gollik marrani zabt etdi.

39 yoshli argentinalik futbolchi uchun yubiley goli MLS doirasida "Monreal"ga qarshi yakshanba kuni o‘tkazilgan uchrashuvda kiritildi. Messi mazkur bahsdagi ikkinchi goli bilan klublar safidagi gollari sonini 800 taga yetkazdi. Qo‘shib berilgan vaqtda esa u xet-trikni rasmiylashtirib, uchrashuvning yakuniy hisobini 7:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Inter Miami News Hub ma’lumotiga ko‘ra, Messi professional klublar safida 800 ta gol urish uchun 964 ta uchrashuv o‘tkazgan va bu yangi rekord hisoblanadi.

Sakkiz karra "Oltin to‘p" sohibi bu ko‘rsatkichda Krishtianu Ronalduni ortda qoldirdi. Portugaliyalik futbolchiga klublar miqyosida 800 ta golga yetish uchun 1060 ta o‘yin kerak bo‘lgan.

Messi "Inter Mayami"ga o‘tishidan avval "PSJ" va "Barselona" klublari sharafini himoya qilgan.

Kiritildi: 10:15, 30.08.2026.
O'qildi: 2733 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик