Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Real" Yan Diomande uchun jami 230 million yevro sarflaydi

"Real" Yan Diomande uchun jami 230 million yevro sarflaydi

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi ivuariyalik vinger Yan Diomande transferi uchun maosh va soliqlarni ham hisobga olganda qariyb 230 million yevro sarflaydi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar berdi.

Futbolchining bevosita transfer qiymati 130 million yevroni tashkil etadi. Shundan 105 million yevro kafolatlangan to‘lov sifatida beriladi, yana 25 million yevro esa turli bonuslar ko‘rinishida to‘lanishi mumkin.

Diomande "Real" bilan 2033 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan 7 yillik shartnoma imzolaydi.

Futbolchining soliqlardan keyingi yillik maoshi taxminan 7 million yevro bo‘ladi. Klub uning ish haqi uchun umumiy hisobda 98 million yevro sarflaydi, shundan qariyb 49 million yevro soliq to‘lovlariga yo‘naltiriladi.

Shu tariqa, "Real"ning Diomande bilan bog‘liq umumiy xarajatlari taxminan 230 million yevroga yetadi. Bu transferni klub tarixidagi eng qimmat bitimlardan biriga aylantiradi.

Kiritildi: 10:38, 30.08.2026.
O'qildi: 2811 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик