"Vilyarreal" darvozaboni Xeronimo Ruli "Ayaks"ga o‘tdi, deb xabar beradi Niderlandiya klubi sayti.
30 yoshli argentinalik futbolchi bilan shartnoma 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Ispaniya matbuoti xabariga ko‘ra, kelishuv 8 million yevroni tashkil qilgan. Yana ikki milliongacha "Vilyarreal" bonus sifatida olishi mumkin.
Ruli joriy mavsumda La Ligada 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol o‘tkazib yuborgan va 7 ta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
Argentina terma jamoasi tarkibida Ruli Qatardagi turnirda birorta ham o‘yin o‘tkazmagan bo‘lsa-da, jahon chempioni bo‘ldi.













