Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/10 19:00 Bunyodkor 1-1 So‘g‘diyona
16/10 19:00 Qo‘qon-1912 2-4 Neftchi
16/10 19:00 Surxon 0-0 Xorazm
16/10 23:45 Frozinone 4-2 Sassuolo
17/10 00:00 Deportivo 1-1 Levante
17/10 16:30 Everton 0-2 Chelsi
17/10 17:00 Espanyol 0-1 Atletiko
17/10 18:00 Lokomotiv 0-0 Nasaf
17/10 19:00 Dinamo 1-0 Buxoro
17/10 19:00 Navbahor 0-0 Paxtakor

"Barselona" Ruben Neveshni sotib olishga yaqin turibdi. Xavi esa transferni rad etmoqda

"Barselona" Ruben Neveshni sotib olishga yaqin turibdi. Xavi esa transferni rad etmoqda

Baho:
+ | -

"Barselona" portugaliyalik "Vulverxempton" yarim himoyachisi Ruben Neveshni o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi.

Kataloniya klubi hozirda ko‘p pul sarflashga qurbi yetmaydi va 25 yoshli portugaliyalik yarim himoyachining transferi strategiyaga to‘g‘ri keladi.

"Vulverxempton" agar "Barsa" futbolchilari shartnomaga kiritilsa, tovon puli miqdorini kamaytirishga rozi bo‘ldi, deb xabar beradi Sport.es. Inglizlar Frank Kessie va Niko Gonsalesga qiziqish bildirmoqda.

Shu bilan birga, "Barselona" bosh murabbiyi Xavi Nevesh bilan shartnoma imzolashga hali rozi bo‘lmadi, chunki u futbolchi Serxio Busketsning o‘rnini yopishga unchalik mos emas deb hisoblaydi. Biroq Kataloniya klubi rahbariyati hali ham yarim himoyachi sotib olish niyatida.

Nevesh joriy mavsumda Premyer-liganing 17 ta uchrashuvida 4 ta gol urdi va 7 ta sariq kartochka oldi. 2022 yilgi jahon chempionatida u beshta o‘yin o‘tkazdi.

Kiritildi: 10:28, 07.01.2023.
O'qildi: 1607 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик