Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

Alisher Nikimbayev: «O‘zbekiston hozirda Osiyo kubogini qabul qila olmaydi»

Alisher Nikimbayev: «O‘zbekiston hozirda Osiyo kubogini qabul qila olmaydi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev O‘zbekiston Osiyo kubogi musobaqalarini qabul qilish uchun harakatni boshlashi kerakligi haqida gapirdi.

"Ko‘pchilik mendan O‘zbekiston Osiyo Kubogini qabul qila oladimi, deb so‘raydi. Bugungi kunda yo‘q. Hozirda na 40 ming, na 50 minglik stadion bor. OFK ni talabi shunaqa.

5 yil oldin Shota Arveladze «Paxtakor»da ishlab yurgan vaqtlarda u bilan suhbatlashganimizda «rahbariyat yangi stadion quramiz deyapti, bu stadion buzilib, o‘rniga yangisi qurilarkan», degandi. Lekin hamon «Paxtakor» stadioni turibdi. O‘shanda stadion hajmi haqida gaplashganmiz. Shota shunda aytgandi, «Paxtakor»ga 25 ming tomoshabin sig‘adigan stadiondan kattasi kerakmas, odamlar baribir kirmaydi, kirsa 10-15 ming odam kiradi, degan edi. Agar «Paxtakor» manfaati tomonidan qaralsa, gapi to‘g‘ri edi, biroq bu yerda mamlakatning manfaatini ham kimdir o‘ylashi kerak edi. Masalan, bugun «Bunyodkor» stadionimiz bor. Lekin u ham OFK ning 40-50 ming sig‘imlik stadion talablariga javob bermaydi. To‘g‘ri, 20 minglik stadion ham kerak bo‘ladi, balki o‘shanda «Bunyodkor» talabga javob berar. Osiyo kubogi o‘tkazish uchun kamida 8 ta stadion bo‘lishi kerak.

Mana shu yerda strategik rejalashtirish haqida gapirsa bo‘ladi. Tepadan kimdir aytishi kerak: «Paxtakor» 50 minglik stadion quradi, Samarqand esa 40 minglik stadion quradi, deb. Bu shunchaki misol. Osiyo kubogining keyingisi Qatarda bo‘lib o‘tadi. 2027 yil Saudiya Arabistonida o‘tadi, 2031 yil yo Koreya yoki boshqa mamlakatlarda o‘tkaziladi. Lekin 2035 yilga imkoniyatimiz bor. Demak, bugundan 12 yilga rejalashtirishni boshlasa bo‘ladi", — dedi Alisher Nikimbayev.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:45, 07.01.2023.
O'qildi: 2495 marta.
Fikrlar: 18 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик