Kirish Ro'yxatdan o'tish

Beyl faoliyatini yakunlaganligi haqida fikr bildirdi

Beyl faoliyatini yakunlaganligi haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Garet Beyl 33 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi.

"Ehtiyotkorlik va puxta o‘ylab ko‘rganimdan so‘ng, men klub va xalqaro futboldagi faoliyatini tugatganimni e’lon qilaman" - deb boshladi o‘z bayonotini Beyl.

Garet orzusini ro‘yobga chiqargani va 17 mavsumni professional futbolda o‘tkazganidan xursandligini bildirdi. Uelslik futbolchining so‘zlariga ko‘ra, u o‘z faoliyati bilan faxrlanadi. Beyl o‘zining sobiq klublari - "Sautgempton", "Tottenxem", "Real" va "Los-Anjeles Geleksi"ga, do‘stlariga, shuningdek, futbolda yo‘llari kesishgan odamlarga minnatdorchilik bildirdi.

"Shunday ekan, men hayotimning keyingi bosqichiga o‘tishdan juda xursandman. Bu o‘zgarishlar vaqti va yangi sarguzasht uchun imkoniyatdir", - deb post qoldirdi Beyl.

Kiritildi: 21:24, 09.01.2023.
O'qildi: 1922 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.