Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Boyan Naydenov: «Navbahor»dan so‘ng klub tanlashda adashdim»

Boyan Naydenov: «Navbahor»dan so‘ng klub tanlashda adashdim»

Baho:
+ | -

«Lokomotiv» Pro ligada ishtirok etishiga qaramay, qishki transferlar oynasida tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.

Ivan Solovyov, Shime Jujul kabi legionerlar qatorida jamoa yarim himoya markazini makedoniyalik futbolchi Boyan Naydenov bilan to‘ldirishga qaror qildi. Klub o‘z oldiga yuqori maqsad qo‘ygani olib borayotgan transfer siyosatidan ham ma’lum. Mirko Yelichich va Denis Korostichenko qo‘l ostida qaysidir ma’noda kuchli tarkib yig‘ilmoqda, deya olamiz. Ayniqsa o‘rta chiziqda raqobatni oshirish, tajribali ijrochilarni taklif etish klubning asosiy rejasi bo‘layotganini sezish qiyin emas. Mavsumda o‘z maqsadingizga erishish uchun taradduni kuchliroq qilish, tarkibga kerakli futbolchilarni olishingiz kerak. Demak, «temiryo‘lchilar»ning o‘z maqsadlari yo‘lidagi harakati chakki emas. Oldinda yana yangi nomlarni ko‘rsak ham ajablanmaymiz. Suhbatdoshimiz o‘zbekistonlik muxlislarga «Navbahor»dagi qisqa faoliyati bilan yaxshi tanish hisoblanadi. Oradan ma’lum vaqt o‘tib, u yana o‘zbek klubida to‘p suradigan bo‘ldi. Boyan Naydenovga yangi jamoasi va Namangandagi faoliyati haqida bir nech-ta savollar bilan yuzlandik.

- Odatda futbolchilar turli yig‘inlar sabab bayramlarni, yangi yilni boshqa joyda kutib olishiga to‘g‘ri keladi. Sizda bu jarayon qanday bo‘ldi?

- Albatta, oilam bilan birgalikda nishonladim. Bundan baxtliman. To‘g‘ri aytdingiz, ko‘p hollarda oilamga vaqt ajrata olmayman. Ishimiz shunday. Yangi yilni ko‘tarinki ruhda, yuqori kayfiyatda kutib oldik.

- Boyan, «Navbahor»dagi faoliyatingizni eslab turasizmi?

- «Navbahor»dagi 6 oylik faoliyatimdan yaxshi xotiralar qolgan. Shu vaqt ichida o‘ziga yarasha o‘sish va pasayishlar, natijalar turlicha bo‘ldi. Lekin o‘sha yili jamoa birinchi davraga qaraganda ikkinchisida kuchlirloqdek ko‘ringandi. Chunki mavsumning dastlabki qismini yaxshi o‘tkazmagandi. Yozda legionerlar keldi. «Bunyodkor» bilan uchrashuvda mag‘lubiyatga uchrab kubok bilan xayrlashganimizni alam bilan yodga olaman. Mavsum yakunida esa o‘yinimizdan qoniqish hosil qilganmiz.

- «Lochinlar» o‘tgan mavsum tarixlarida ilk bor kumush medallarga ega chiqishdi. Sizda sobiq jamoangizning muvaffaqiyatlarini kuzatishga qanchalik imkon bo‘ldi?

- 2022 yildagi deyarli barcha uchrashuvlarini, natijalarini kuzatib bordim. Imkonim bo‘lsa tomosha qildim. «Navbahor» loaqal bir marotaba chempion bo‘lsin, deb olqishlab turdim. Samvel Babayan va klub bundanda katta yutuqlarga munosib edi. Qayerdadir ularga omad yetishmadi.

- Aytingchi, «Lokomotiv»­ga o‘tishingiz qay tariqa amalga oshdi?

- Taklif kutilmaganda keldi. «Lokomotiv»dan tashqari Makedoniyaga yaqin mamlakatdan ham taklif bor edi, lekin o‘zimga tanish bo‘lgan mamlakatga qaytishga qaror qildim. Yangi jamoam bilan ligada yutuqlarga erishishimizga ishonaman.

- «Lokomotiv»da siz uchun asosiy maqsad nima bo‘ladi?

- Jamoani Superligaga qaytarish! «Lokomotiv» elitadagi o‘z o‘rniga qaytishi kerak, tamom! Umid qilamanki, vazifani bajarish qo‘limizdan keladi.

- Yangi jamoangiz haqida nimalarni bilasiz?

- Rostini aytsam, ko‘p narsa bilmayman. Ammo «Lokomotiv» O‘zbekistonning yetakchi klublaridan biri bo‘lganligi, chempionat va kubokda, OCHLda yaxshi qatnashganligini bilaman. Bu esa kichik narsa emas.

- «Temiryo‘lchilar» safiga qo‘shilguningizga qadar ikki bor jamoa almashtirdingiz?

- Ha, to‘g‘ri. Chunki «Navbahor»dan so‘ng klub tanlashda adashdim. U yerga mavsum boshlanishiga sanoqlik kunlar qolgandagina bordim. Buning ustiga 6ta o‘yinda maydonga tushganimdan so‘ng jarohat oldim. Bir yarim oyni maydon tashqarisida o‘tkazishga, trenajyor zalida shug‘ullanishga mabur bo‘ldim. Yil oxirigacha o‘z yurtimda to‘p surdim.

- O‘zbekistonni bitta so‘z bilan ta’riflay olasizmi?

- Bu juda qiyin (kuladi). O‘zbeklarni ta’riflash uchun bitta so‘z kamlik qiladi. Shuni aytishim mumkinki, mamlakatingiz do‘stona xalq.

A.Iskandarov suhbatlashdi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 10:33, 15.01.2023.
O'qildi: 1393 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.