Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Qoidani buzgan albatta, jazosiz qolmaydi. FIFAning JCH ishtirokchilariga o‘z «sovg‘a»si bor

Qoidani buzgan albatta, jazosiz qolmaydi. FIFAning JCH ishtirokchilariga o‘z «sovg‘a»si bor

Baho:
+ | -

JCH-2022 yakunlariga ko‘ra, FIFA tartib-intizom qo‘mitasi beshta mamlakat assosiasiyasi bo‘yicha qarorlar qabul qildi: unga ko‘ra Meksika, Ekvador, Serbiya, Xorvatiya va Argentina turli xil qoidabuzarliklar uchun jazo oldi yoki endi oladigan bo‘ldi.

Ekvador 

Ekvador assosiasiyasi 20 000 shveysariya franki miqdorida jarimaga tortildi, shuningdek, jahon chempionatining ochilish o‘yinida kamsituvchi hayqiriqlar tufayli keyingi o‘yinda o‘z muxlislarisiz maydonga tushishga majbur bo‘ladi. Ekvadorlik futbolchi Bayron Kastilyoning aslida kolumbiyalik ekani haqidagi tergovga sanksiyalar qo‘yganidan xabaringiz bor. Shundan so‘ng futbolchi turnirda o‘z terma jamoasining qatnashishini istagan chililik muxlislarni masxara qilgani aytilmoqda.

Meksika

Meksikaliklar jiddiyroq jazolandi: assosiasiya 100 ming shveysariya franki miqdorida jarimaga tortildi, shuningdek, Polsha va Saudiya Arabistoni bilan o‘yinlarda tribunadan haqoratomuz so‘zlar aytilgani uchun endi jamoa bitta bahsni tomoshabinlarsiz o‘tkazadi. Meksikalik muxlislar yuqorida tilgan olingan ikkala raqib terma jamoa kiperlarini kurakda turmaydigan so‘zlar orqali haqorat qilgan. Bundan tashqari mamlakat assosiasiyasi allaqachon salbiy qo‘shiqlar uchun bir necha marta jazolandi, ammo muxlislar bunga ahamiyat bermayapti. Endi muxlislar 25 mart kuni bo‘lib o‘tadigan KONKAKAF Millatlar ligasi doirasidagi Yamayka bilan o‘yinni o‘tkazib yuborishlari kerak bo‘ladi.

Serbiya 

FIFA Tartib-intizom qo‘mitasi Serbiya futbol assosiasiyasini 50 000 shveysariya franki miqdorida jarimaga tortdi. Ikkita qoida buzilgach keyingi rasmiy o‘yinda stadionga muxlislarning bir qismi (sig‘imning 25 foizi - darvoza tepasidagi tribuna) kiritilmaydi. Bunga asosiy sabab esa o‘yinchilar va ayrim rasmiylarning raqiblarni kamsitishlari va nomaqbul xatti-harakatlari edi. Muxlislar Granit Jaka va Jerdan Shakirini qo‘llab-quvvatlagan holda barcha kosovoliklarni haqorat qilgan. Bunga albatta, siyosiy vaziyat sabab bo‘lgan. O‘sha o‘yinda har bir tomon ham o‘z g‘azablarini qo‘zg‘agan, lekin yakunda faqat Serbiya jazo oldi: FIFA Shveysariya tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklarni sezmadi shekilli.

Xorvatiya 

«Shashkachilar»ga hozircha jazo yo‘q – FIFA tartib-intizom qo‘mitasi Marokash terma jamoasi bilan uchinchi o‘rin uchun o‘tkazilgan uchrashuvda Xorvatiya assosiasiyasiga diskriminasiya va o‘yinlardagi tartibsizlikka oid moddalarni buzgani uchun ish ochdi, xolos.

Argentina 

Chempionlar birdaniga uchta modda bo‘yicha jazolanadi:

tajovuzkor xatti-harakatlar va adolatli o‘yin tamoyillarini buzish,
futbolchilar va o‘yin rasmiylariga bo‘lgan noto‘g‘ri xatti-harakatlar,
Jahon chempionatining ommaviy axborot vositalari va marketingiga oid qoidalarni buzish.

Associated Press agentligining yozishicha, jazolardan biri o‘yin tugaganidan taxminan uch soat o‘tgach, Lionel Messi boshchiligidagi bir guruh o‘yinchilarning qo‘shiq kuylayotgan paytda oldidan chiqqan buyumlarni sindirgani sabab bo‘lgan. Shuningdek, xalqaro teleradiokompaniyalar va bosma ommaviy axborot vositalariga bir qancha hujumlar ham bo‘lgan. Buning ustiga jamoa «oltin qo‘lqop» sohibi Emi Martines uchun ham jazo olishi mumkin, u kiyinish xonasida barchani Kilian Mbappe xotirasiga bir daqiqa sukut saqlashga chaqirgan. Avvalroq FIFA taniqli oshpaz Nusret Gyokche, shuningdek, bayram paytida maydonga bo‘lmasligi kerak bo‘lgan boshqa ko‘plab odamlar bilan ham tekshiruv o‘tkazishini e’lon qilgan edi. Lekin buning uchun katta ehtimol bilan Argentina endi jazolanmaydi.

Kiritildi: 20:43, 15.01.2023.
O'qildi: 3711 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.