Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen 1-0 Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka 4-1 Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers 7-1 Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi 4-6 Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan 3-1 Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-1 Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn 4-0 An-Nasr (SA)
15/09 22:00 Rayo Valyekano 2-1 Espanyol
15/09 23:00 Alaves 0-1 Valensiya
15/09 23:15 Al-Hilol 2-1 Al-G‘arafa
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

O‘zbekistonda futbolni har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar yuzasidan taqdimot o‘tkazildi

O‘zbekistonda futbolni har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar yuzasidan taqdimot o‘tkazildi

Baho:
+ | -

Kecha Yoshlar siyosati va sport vaziri Adkham Ikramov O‘zbekistonda ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risidagi taqdimot bilan tanishdi.

Taqdimotda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi O.Kasimov, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti R.Ermatov hamda Yoshlar siyosati va sport vazirligi mutaxassislari ishtirok etishdi.

Taqdimotda kelgusida mamlakatimizda ommaviy va professional futbolni rivojlantirish maqsadida aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida futbolni yanada ommalashtirishga qaratilgan FIFAning maxsus dasturlarini amalga oshirish, sifatli sport zaxirasini yaratish, iqtidorli futbolchilarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya)ning raqamlashtirilgan tizimini joriy qilish, futbol infratuzilmasini moddiy-texnik jihatdan yanada yaxshilash hamda xalqaro talablarga moslashtirish, ayollar o‘rtasida futbolni rivojlantirish, bu borada uzoq yillarga mo‘ljallangan istiqbolli rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, futbol bo‘yicha malakali trenerlar, hakamlar va mutaxassislarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish kabi masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, taqdimotda ilgari surilgan tashabbuslarga qo‘shimcha ravishda vazir Adkham Ikramov hamda mutaxassislar tomonidan bir qator takliflar bildirilib, rejalashtirilgan ishlarni amalga oshirishni jadallashtirish va to‘liq nazorat qilish zarurligi ta’kidlandi.

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 10:51, 17.01.2023.
O'qildi: 1552 marta.
Fikrlar: 29 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик