"Shaxtyor" himoyachisi Nikolay Matviyenko "Brayton"ga o‘tishga yaqin turibdi, deya xabar berdi jurnalist Nikolo Skira.
Matviyenko "Brayton" bilan 5 yillik shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi. 26 yoshli ukrainalik futbolchining transferi uchun klub 20 million yevro to‘laydi.
Joriy mavsumda Matviyenko “Shaxtyor” safida 19 ta o‘yinda maydonga tushdi.













