Myunxen klubi matbuot xizmati xushxabar bilan "Bavariya"ning jarohat olgan hujumchisi Sadio Mane mashg‘ulotlarga qaytganini e’lon qildi.
Mane noyabr oyida Bundesliga doirasida "Verder"ga qarshi o‘yinda olgan jarohati tufayli Qatardagi jahon chempionatini o‘tkazib yuborgan edi. Mane o‘sha vaqtda operasiya qilindi va uzoq muddatli reabilitasiya kursini boshladi.
Eslatib o‘tamiz, senegallik futbolchi 2022 yilning yozida "Liverpul"dan "Bavariya"ga o‘tgan edi, joriy mavsumda u myunxenliklar safida barcha klub musobaqalarida 11 ta gol urgan.