Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio - Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol - Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm

«Enfild»dan sho‘ng‘ish»ga marhabo!

«Enfild»dan sho‘ng‘ish»ga marhabo!

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

«Liverpul» futbolchilarining «Enfild» tribunasidan arqon yordamida 30 metr pastga tushishlariga to‘g‘ri keldi.

 O‘zi nimalar bo‘lyapti? Nahotki, bu Yurgen Kloppning tartib-intizomni kuchaytirish yo‘lidagi yangi chorasi? Yo‘q, unday emas... Shunchaki, Xarvi Elliott, Diogu Jota va Kelvin Remzi «qizillar» faxri - «Enfild»da yo‘lga qo‘yilgan o‘ta qiziqarli yangi attraksion tashviqotida qatnashishdi.

Yangi ko‘ngilochar attraksionga jarangdor nom berildi - «Enfild»dan sho‘n­g‘ish». Xullas, Xarvi Elliott, Diogu Jota va Kelvin Remzi o‘tkir hissiyotlar junbushini xohlovchi jamoa muxlislarini stadionning 21000 kishiga mo‘ljallangan bosh tribunasi chetidan (balandligi 100 fut, chamasi 30 metr) arqon yordamida pastga sho‘ng‘ib ko‘rishga chorlashdi. Ularga LFC guruhi vakillari ham qo‘shilib, qiziqarli ko‘ngilochar o‘yinning dastlabki ishtirokchilariga aylanishdi. Bu attraksion «Enfild» stadionini butunlay boshqa rakursdan ko‘rish imkonini berishi bilan ko‘pchilikni qiziqtirishi mumkin.

Attraksion maxsus zina orqali asosiy tribuna tom qismiga ko‘tarilishdan boshlanadi. Gap Mersisaydning eng baland nuqtalaridan biri haqida ketmoqda. Qisqasi, o‘yin ishtirokchilari nafaqat «Enfild» go‘zalligidan bahra olishadi, balki butun shaharning ajoyib manzarasi, diqqatga sazovor joylarini yuqoridan tomosha qilishlari mumkin. Har bir ishtirokchi asosiy tribuna tomiga chiqishdan oldin himoya vositalari bilan to‘liq ta’minlanadi, sho‘ng‘ish jarayonida esa klubning rasmiy ramziga teginish imkoni bor. Ushbu ko‘ngilxushlikning bahosi - 45 funt sterling. 10-17 yoshli o‘smirlarga esa chipta bahosi biroz pastroq - 38 funt.

D.ALIMOV tayyorladi

Kiritildi: 08:02, 25.01.2023.
O'qildi: 1571 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.