Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Rekordchi debyut

Rekordchi debyut

Baho:
+ | -

Navbatdagi JCHda Kilian Mbappe ukasi bilan maydonga tushishi mumkin.

Qatar mundiali davrida klub futbolida pauza yuzaga kelgan bo‘lsada, ko‘pchilik futbolchilar vaqtlarini mashg‘ulotlar va o‘rtoqlik uchrashuvlari bilan o‘tkazishdi. Jumladan, «PSJ» «Parij» bilan kuch sinashdi. Poytaxtdan 20 chaqirim uzoqlikda joylashgan Ooredoo o‘quv markazidagi bellashuv 2ta 30 daqiqalik bo‘lim formatida o‘tdi. «PSJ»ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan nihoyasiga yetgan bahsning 16-daqiqasida Nordi Mukiele hisobni ochgan bo‘lsa, 52-daqiqada Ismoil Garbi farq­ni oshirdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Yunus al Xanna o‘zi istamagan holda avtogol muallifiga aylandi.

Uchrashuvning 45-daqiqasida esa muhim voqea yuz berdi - «PSJ» tarkibida Kilian Mbappening ukasi Itan maydonga tushirildi. 15 yoshli yarim himoyachi o‘zining debyut uchrashuvida 15 daqiqa to‘p surdi. Keling, u bilan yaxshiroq tanishib olaylik.

Itan Mbappe Bo‘lajak Marko Verattimi?

Kichik Mbappe 2006 yilda tug‘ilgan, 29 dekabrda 16ga chiqdi. Futboldagi faoliyatini u «Bondi» klubida boshlagan, 2017 yilning yozida akasi ortidan «PSJ»ga o‘tgandi. O‘tgan mavsumda Itan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar jamoasida to‘p surib, 15ta o‘yinda 4ta gol urdi. 2021 yilning yozida kichik Mbappe «PSJ» bilan 3 yillik shart­nomani rasmiylashtirdi va 19 yoshlilar jamoasiga o‘tdi.

Poytaxt jamoasining 4:3 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan «Trua»ga qarshi oktyabrdagi bellashuvdan ke­yin Itan ilk marta asosiy jamoa mashg‘ulotida ishtirok etdi. Uni bosh murabbiy Kris­tof Galte taklif etgandi. Marko Verratti va Vitinyaning yo‘qligida 56 yoshli mutaxassis Kilianning ukasini sinovdan o‘tkazishga qaror qilgandi. Itan - «PSJ» akademiyasining kelajagi porloq tarbiyalanuvchilaridan biri.

Joriy mavsumda kichik Mbappe UYEFA o‘smirlar ligasida debyutini nishonlab, 5ta uchrashuvda to‘liq to‘p surdi va 2ta samarali uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Itan to‘pni nazorat qilishi, yuksak texnikasi va chap oyog‘ida zo‘r o‘ynashi bilan ajralib turadi. U ko‘pincha Marko Verrattiga qiyoslashadi: u hujumlarni a’lo darajada rivojlantiradi, to‘p uchun kurashganda markaziy himoya chizig‘iga qadar ortga chekinadi.

«Trua»ga qarshi o‘yindan keyin Itan o‘z imkoniyatidan foydalanishga muvaffaq bo‘ldi. U 2-3 yildan ke­yin asosiy tarkibda porlaydigan «PSJ» akademiyasidagi yangi yulduzcha. Asosiysi, 2024 yilda shartnoma muddati nihoyasiga yetadigan noyob iqtidorni qo‘ldan chiqarib yubormaslik», - deyishdi Fransiyaning Le Parisien gazetasi jurnalist­lari.

Qiziq, Liga1 tarkibida akasi bilan yonma-yon to‘p surishga Itan ulgurarmikan? Kilianning «Real»ga o‘tishi xususidagi mish-mishlar tobora avjiga chiqmoqda. Ukasi endi 16ga chiqqanini inobatga olganda, maydonda ularni bitta jamoada ko‘rishning iloji yo‘qdek. Bo‘lajak JCHda ishtirok etish imkoniyati esa Itanda bor - u paytda yosh iqtidor 19ni qoralab qo‘ygan bo‘ladi. Akasi bu yoshda futbol tojdori bo‘lgandi, endi ukasi bilan hamkorlikda kurashishi mumkin.

D.ALIMOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 08:08, 30.01.2023.
O'qildi: 2085 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.