Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

«CAFA Womenʼs Futsal Championship 2023». O‘zbekiston 2-o‘rinni egalladi

«CAFA Womenʼs Futsal Championship 2023». O‘zbekiston 2-o‘rinni egalladi

Baho:
+ | -

Poytaxtimizda o‘tkazilgan «CAFA Womenʼs Futsal Championship 2023» musobaqasi yakuniga yetdi. So‘nggi turda g‘oliblik uchun O‘zbekiston va Eron ayollar terma jamoalari maydonga chiqishdi.

Qizlarimiz 4-daqiqadayoq hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Eronliklar esa tanaffusga qadar 3ta gol urib, oldinga o‘tib olishdi.

O‘zbekistonliklar ikkinchi bo‘limni juda kuchli boshlashdi va bahsning 33-daqiqasiga qadar 3ta gol urib, 4:3 hisobida oldiga o‘tib olishdi.

Uchrashuvda ikkita gol muallifiga aylangan Lyudmila Karachik so‘nggi daqiqalarda 2ta xatoga yo‘l qo‘yishi oqibatida terma jamoamiz o‘z darvozasidan 2 ta to‘p olib chiqishdi.

Vakillarimiz so‘nggi 2 daqiqani o‘ynovchi-darvozabon bila o‘tkazishdi va gol urish uchun yaxshi imkoniyat yaratishdi, ammo Karachikning zarbasiga aniqlik yetishmadi.

Shu tariqa, Eron terma jamoasi hal qiluvchi o‘yinda 5:4 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqa g‘olibiga aylandi. O‘zbekiston esa 6 ochko bilan 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Uchinchi pog‘ona Tojikistonga nasib etdi. Ular 3-turda Qirg‘iziston ustidan 4:2 hisobida g‘alaba qozonishdi.

«CAFA Womenʼs Futsal Championship 2023», 3-tur
Qirg‘iziston - Tojikiston - 2:4

O‘zbekiston - Eron - 4:5 (1:3)
Gollar: Gulzoda Amirova 4ʼ, Sara Shirbegi 8ʼ, 16ʼ, Mahsa Kamali 11ʼ, Lyudmila Karachik 23ʼ, 26ʼ, Umida Zoirova 33ʼ, Fereshteh Karimi 35ʼ, Mahsa Kamali 36ʼ.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:04, 30.01.2023.
O'qildi: 2098 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.