Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/11 01:00 Boliviya 2-2 Paragvay
20/11 04:00 Kolumbiya 0-1 Ekvador
20/11 05:00 Argentina 1-0 Peru
20/11 05:00 Chili 4-2 Venesuela
20/11 05:45 Braziliya 1-1 Urugvay
21/11 18:00 Paxtakor 0-2 OKMK
22/11 16:00 Neftchi - Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum - Navbahor

"Andijon" bosh direktori Ulug‘bek Mirzayev "Antalyaspor" rahbariyati bilan uchrashuvdan so‘ng nimalar dedi?

"Andijon" bosh direktori Ulug‘bek Mirzayev "Antalyaspor" rahbariyati bilan uchrashuvdan so‘ng nimalar dedi?

Baho:
+ | -

Xabar berib o‘tganimizdek, "Andijon" klubi Antaliyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inidan foydalanib Turkiyaning “Antalyaspor” klubi bilan hamkorlikda ishlash bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi.

“Andijon” bosh direktori Ulug‘bek Mirzayev “Antalyaspor” rahbariyati bilan muloqot jarayoni hamda klub infrastrukturasi bilan yaqindan tanishib chiqqach, “Andijon” matbuot xizmatiga quyidagilarni aytdi:

“Bunyodkor” klubida ishlagan chog‘imda ham Zagrebning “Dinamo” jamoasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygandik. Lekin “Antalyaspor” bilan hamkorligimiz “Dinamo” Zagrebnikidan ham ko‘ra qiziqarliroq va ajoyib ruhda o‘tdi.

Erdem Erdal kuchli mutaxassis ekan. Ishlab chiqilgan yo‘l xaritasi bilan ipidan-ignasigacha tanishib chiqdik. Bu klubda juda katta yo‘nalishlar, futbol ichidagi va atrofidagi barcha ishlar qamrab olingan ekan. “Andijon” klubida ham xuddi shunday ish tizimini yo‘lga qo‘yishimiz uchun yo‘l xaritasi bilan erinmasdan tanishtirib chiqdi. Biz ham yo‘l xaritasini o‘zimizga mo‘ljallab ishlab chiqamiz.

Erdel bizga puling yoki o‘yinching bo‘lsa ham yuradigan yo‘lingni poyezdda yo samolyotda bosib o‘tasanmi, buni bilmasang g‘alabali manzilga yetib bora olmaysan, shu bois uzoq yilga mo‘ljallangan yo‘l xaritasi bo‘lishi kerak, degan muhim gaplarni aytdi. Ushbu masala bo‘yicha biz strategik rejalarni ishlab chiqishga kirishib ketdik. Yaqin kunlarda memorandum imzolaymiz.

Bu yerda may oyida katta seminar bo‘lar ekan va bizni ham taklif qilishdi. Hamkorligimiz ikki tomonlama samarali bo‘lishiga ishonch kuchli. Biz ham o‘z fikrlarimizni va g‘oyalarimizni bildirganimizda bizni ham o‘zimizga yarasha mutaxassis ekanimizni anglab yetdilar va fikrlarimizni bir joydan chiqishiga turtki berdi.

Albatta, bu uchrashuvdan nafaqat qoniqish hosil qildim, balki xursand ham bo‘ldim. Boisi, bir nechta klublar va xorij mamlakatlarida bo‘lganman. Ammo janob Erdal kabi kuchli mutaxassis bilan deyarli birinchi bor uchrashdim. U juda samimiy va sirlarini berkitmasdan biz bilan baham ko‘rib, “Andijon” ham rivojlanish istagida ekanini hisobga olib, ochiq-oydin barcha ishlarini bizga oshkora aytdi.

“Andijon” klubini rivojlanish strategiyasini ishlab chiqamiz. Viloyatimiz hokimiga taqdim etamiz. Jamoamizni Respublikada yaxshi o‘rinlarga olib chiqishimiz kerak. Bu uchun mana shunday uchrashuvlar va hamkorliklarni yo‘lga qo‘yishimiz muhim. Bu borada dastlabki qadamlar tashlanyapti. Shu ishga kirishdikmi, o‘z ortimizdan yaxshi loyihalarni hayotga tatbiq etib, ijobiy natijalarni qoldirib ketishimiz lozim. Bunga qattiq bel bog‘laganmiz", - dedi Ulug‘bek Abdusattorovich.

"Andijon" matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 19:00, 02.02.2023.
O'qildi: 989 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.