Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

"Fakel" ustozi: "Andijon" hurmatga loyiq. Bunday yaxshi jamoa bilan o‘ynash imkoni bo‘lganidan xursandman"

"Fakel" ustozi: "Andijon" hurmatga loyiq. Bunday yaxshi jamoa bilan o‘ynash imkoni bo‘lganidan xursandman"

Baho:
+ | -

Bugun Antaliyada “Andijon” Rossiya Premyer-ligasi vakili – Voronejning “Fakel” jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.

Qiziqarli va gollarga boy o‘tgan bellashuvdan so‘ng “Fakel” bosh murabbiyi Dmitriy Pyatibratov “Andijon” matbuot xizmati uchun biroz vaqt ajratdi.

- Dmitriy Anatolyevich, bugungi o‘yindan sizda qanday taassurot qoldi?

- Yaxshi raqib, yaxshi o‘yin bo‘ldi. Asosiy tarkib o‘yinchilari yoqdi, to‘p bilan yaxshi harakatlanishdi. Ular almashtirilganidan keyin bizga ancha yengillik tug‘ildi. Sparring-raqibimizdan to‘la qoniqdim, toza futbol o‘ynashdi. Bir-birlarini hurmat qilgan holda to‘p surishdi. O‘yin uchun raqib jamoaga rahmat aytaman.

- “Andijon” tarkibida ko‘proq qaysi futbolchilarning o‘yini yoqdi?

- Yo‘q, men kimnidir ajratib ko‘rsata olmayman. Umumjamoa sifatida o‘yini yoqdi, menga. Mazmunli o‘yin namoyish etmoqda. Kombinasiyalar orqali harakat qilishdi va “Andijon” hurmatga loyiq. Bunday yaxshi jamoa bilan o‘ynash imkoni bo‘lganidan xursandman.

- Hisobda aks etgan 4:1 natijasini kutmaganmidingiz?

- Bilasizmi, hozir hisobga qaraydigan payt emas. Asosiysi, o‘yin sifatini shakllantirib borish. Ikkala jamoa ham chempionatga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Shuning uchun e’tibor mashg‘ulotlarga qaratilgan. Bunday paytda futbolchilarni harakatlarini kuzatish muhim sanaladi. Hozir hisob hech nimani hal qilmaydi.

- Hozir qishki yig‘in davom etyapti. Bosh murabbiy sifatida jamoangizda o‘zbekistonlik futbolchilar ham to‘p surishini istarmidingiz?

- Yuqori saviyadagi ko‘plab o‘yinchilar mavjud, bu sir emas. Ayni paytda barcha pozisiyalarimiz bo‘yicha o‘yinchilarimiz bor va tarkibimiz shakllanib bormoqda. Bizning jamoada mutaxassislar dunyo bo‘yicha barcha futbolchilarni kuzatib borishadi. Agar tarkibimizni kuchaytiradigan o‘zbek futbolchilari jamoamizda bo‘lishsa, bundan xursand bo‘laman, albatta.

- Umuman olganda, bizning futbolimiz haqida taassurotlaringiz qanday?

- Biz qozoq, o‘zbek va tojik jamoalarini doim ko‘rib boramiz. Bu yerdagi yig‘inlarda ham kuzatamiz. Futbolingiz haqida juda yaxshi taassurotlarim mavjud.

Kiritildi: 21:16, 03.02.2023.
O'qildi: 669 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик