Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

"Andijon" a’zolari tashrif buyurgan o‘yinda "Antalyaspor" g‘alaba qozondi

"Andijon" a’zolari tashrif buyurgan o‘yinda "Antalyaspor" g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

Xabar berib o‘tganimizdek, “Andijon” klubining Turkiya Superligasi ishtirokchisi – “Antalyaspor” bilan yo‘lga qo‘yayotgan hamkorligi doirasida mezbonlarning “Gaziantep”ga qarshi o‘yiniga Aleksandr Xomyakov boshchiligidagi jamoamiz ham taklif qilingandi. Shu bois “Andijon”ga o‘yinga borib-kelish uchun sharoit yaratib berildi.

Stadionga kirish uchun qattiq tartib o‘rnatilgan. Buning uchun kuchaytirilgan uchta chig‘iriqdan o‘tildi. E’tiborlisi, har bir kiradigan muxlis klubning elektron bazasida ro‘yxati shakllantiriladi va alohida platisk ko‘rinishidagi karta muxlisga topshiriladi. Ushbu karta 2029 yilgacha amalda bo‘lib, shu davr mobaynida siz bemalol Turkiya chempionatining istalgan o‘yinlariga kirish imkoniyatiga egasiz. Faqat unga yetarli mablag‘ni o‘tkazib turasiz va stadion kassasida o‘sha kartadan chipta uchun pulni yechib olishadi.

“Antalyaspor” stadionida 14 kategoriya bor. Qaysi sektorga kirishingizga qarab sizdagi maxsus kartadan pul yechib olinadi. Chipta narxlari 40 dan 150 turk lirasigacha. Bizning so‘mga 25 mingdan 80 minggacha.

“Andijon”ning har bir a’zosiga stadionga kirish uchun ana shunday maxsus kartalar berildi. U orqali alohida turniketlar orqali stadion ichiga kira olasiz. Elektron bazada arenaga qancha tomoshabin kirganligi aniq raqamlar orqali aks etadi.

Stadiondagi muhit chindan a’lo darajada. Baribir yevropacha muhit sezilib turadi. Albatta, uchrashuvda e’tiborga molik holatlar ham kuzatildi. Masalan, o‘yinning 15-daqiqasida bahs to‘xtatildi. Bunga sabab tribunadagi muxlislardan biriga tezkor tibbiy yordam zarur bo‘lib qoldi. Qizig‘i, muxlislar hayqirgach, buni maydondagi futbolchilar payqab qoldilar va shu zahoti uchrashuvni to‘xtatib shifokorlarni yordamga chaqirdilar. Ikkala jamoaning tibbiy guruhi tribuna tomon yugurib ketdi. Tabiiyki, stadiondagi tez yordam mashinasi va boshqa shifokorlar ham yetib keldi. Yanada e’tiborlisi, mana shunday holatlar uchun tez yordam mashinasiga tribuna bilan maydon cheti o‘rtasida yurish uchun yo‘lakcha qilingan. Taxminan 6-7 daqiqalardan keyin uchrashuv yana davom ettirildi. Bemorni esa shifoxonaga olib ketishdi. O‘sha ishqibozning taqdiriga befarq qarab turmadik va keyinroq mahalliy muxlislar bilan bog‘lanib, aniqlashimizcha, yuragi bilan bog‘liq xastalik bo‘lgan ekan va u hamon shifoxonada. “Antalspor” muxlisiga sog‘lik tilab qolamiz.

Bellashuvning 29-daqiqasida mezbonlarning angolalik legioneri Fredi Ribeyro tomonidan kiritilgan gol yakunda “Antalyaspor”ga o‘ta muhim uch ochkoni keltirdi.

Stadionda muxlislik madaniyati va o‘z jamoasini jo‘r bo‘lib qo‘llashlariga ham guvoh bo‘ldik. Uchrashuv oxirigacha barchani hayajonda ushlab turdi. Chunki “Gaziantep” mag‘lubiyatdan qutulib qolish uchun rosa harakat qildi. Bahs oxirlarida mehmonlar futbolchisi ikkinchi sariq kartochka tufayli maydondan chetlatildi.

Shu tariqa, “Andijon” jamoasi tashrif buyurgan bellashuvda “Antalyaspor” g‘alaba qozondi. Darvoqe, stadionda ishqibozlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Yeguliklar uchun ham alohida savdo do‘konlari xizmat ko‘rsatadi. Stadion yonidagi klub futbolkalari, atributikalari sotiladigan do‘kon ham muxlislar bilan rosa gavjum bo‘ldi va savdo ham shunga yarasha edi. O‘yinni jonli ravishda kuzatib borish barchada o‘zgacha taassurotlarni uyg‘otdi.  

Uchrashuvdan keyin jamoamiz murabbiyi Artyom Petrosyan hamda hujumchi Shahboz Erkinovning fikrlariga quloq soldik.

Artyom Petrosyan:  “Antalyaspor” va “Gaziantep” o‘rtasidagi uchrashuvdagi muhit menga juda yoqdi. Muxlislar stadionda ajoyib shouni yaratib berdilar. O‘zimizni xuddi teatrga kelgandek his qildik, stadion chiroyli ekan. Tashkilotchilik ham a’lo darajada. Ikkala jamoada futbolchilarning texnik mahorati yuqoriligini ko‘rdik. Maydondagi barcha futbolchilar tez va aqlli o‘ynashdi. O‘yin tempi ham zo‘r bo‘ldi. To‘p yo‘qotilganidan keyin ham, uni olib qo‘ygach ham tez fikrlashyapti. Futbolchilar juda sifatli. Hammasi baquvvat, texnikasi yuqori va tezkor. Lekin taktik bo‘yicha hech qanaqa yangilik ko‘rmadim. Faqat texnik jihatdan kuchli. Biz shu tomondan o‘sishimiz kerak. Har bir o‘yinchi vaziyat tugamaguncha oxirigacha yuguryapti".

Shahboz Erkinov: "Anchadan beri jonli futbol ko‘rmagan ekanman. Stadiondagi muhit yoqdi. Turkiyada futbolni juda yoqtirishadi. Futbolni muxlislar orasida ko‘rishni ham o‘ziga yarasha gashti bor. Buni o‘zimda his qildim. Muxlislar qanday o‘yinni ko‘radi, qanday muxlislik qiladi, biz ham maydonda o‘ynaganimizda bularni his qilishimiz uchun kerakli va foydali bo‘ldi.

Futbolga bo‘lgan munosabati, sharoitlar va muhiti yaxshi. Maydonda oldingi yulduzlar ham bor edi. Masalan, Adriano, Fernando kabilarni “Spartak”dagi o‘yinlari bilan eslaymiz. Tezkor qaror qabul qilishlari, harakatchanligi va to‘g‘ri yo‘l tutishlari ko‘rinib turibdi. O‘zbek futbolida shu tomondan oqsaymiz. Shuni hisobiga futbolimiz sekinroq ko‘rinadi. 98 daqiqa mobaynida jamoalar oxirigacha kurashishdi. Raqib darvozaboni ham hujumga qo‘shildi. Bizga adrenalin bo‘ldi.

Ma’lum yig‘indan keyin futbolchilarga ozgina xordiq kerak edi. Mashg‘ulotlardan biroz chalg‘ishimiz bu ruhiy tomondan ham yordam bo‘ladi. Yangi haftani yangicha kuch bilan boshlashimiz juda yaxshi bo‘ldi. O‘yin davomida jamoadoshlarimiz bilan uchrashuvni tahlil qilib, maslahatlashib o‘tirdik. Bizni futbol bilan taqqoslaganda katta farqi yo‘q. Faqat boya aytganimdek, to‘g‘ri va tez qaror qabul qilish, to‘p bilan munosabati, pressing qilishlari kabi bir qancha omillarning hisobiga futboli tezkor ko‘rinadi".

"Andijon" matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 15:43, 05.02.2023.
O'qildi: 1331 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.