Xarri Keyn "Tottenxem" tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi.
Hujumchi APL doirasida "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinda (1:0, birinchi bo‘lim) hisobni ochdi va London klubi safidagi 267-golini kiritdi.
29 yoshli ingliz futbolchisi Jimmi Grivzning "Tottenxem" safida barcha musobaqalarda gol urish bo‘yicha rekordini yangiladi.