"Barselona"ning sobiq yarim himoyachisi Ronaldinyo Kataloniya jamoasi bosh murabbiyi Xavi haqida gapirdi.
“Xavi - yaxshi murabbiy. Unvon yutish oson emas, lekin u yaxshi ishlayapti va umid qilamanki, u tez orada klub tarixini yaratadi. Xavi mening do‘stim. Umid qilamizki, ishlar yaxshi davom etadi va u chempionlikni qo‘lga kiritadi", - deya Ronaldinyoning so‘zlarini keltiradi Sport.es.
Xavi 2021 yilning noyabridan beri “Barselona”da ishlab kelmoqda.