Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Rio Ferdinand "MYU"ning keyingi taqdirini bashorat qildi

Rio Ferdinand "MYU"ning keyingi taqdirini bashorat qildi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" afsonalaridan biri Rio Ferdinand so‘nggi turda "Arsenal" va "Manchester Siti"ning qoqilishidan keyin, "qizil iblislar" mavsumni qayerda yakunlashini taxmin qildi. Bu turda "MYU" 2-1 hisobida g‘alaba qozonib, o‘z hamshaharlari bilan farqni uch ochkogacha qisqartirib olgandi. "Arsenal" esa "Everton" bilan o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rmagan ekan. Bu esa ularga qimmatga tushdi. Ayni damda Erik ten Xag va Mikel Arteta jamoalari o‘rtasidagi farq 8 ochkoni tashkil etmoqda. Shunga qaramay, "Arsenal"da o‘zining eng yaqin ta’qibchilariga qaraganda bitta ko‘p o‘yin o‘tkazish imkoni bor.

Ferdinand ikki yetakchining qoqilishidan keyin turnir jadvalining yakuni borasida o‘z qarashlarini bildirib o‘tdi. U shunday deydi: "O‘ylashimcha, "MYU" mavsumni qulay ravishda, kuchli to‘rtlikda tugatadi. Negaki, bu jamoa atrofidagi klublar "Yunayted"chalik barqaror emas. Ha, "MYU" hali ham rivojlanish fazasida va natija jihatidan "Arsenal" va "Manchester Yunayted"dan ortda qolmoqda. Ammo menga ular mavsumni mana shu, uchinchi o‘rinda tugata oladigandek tuyulmoqda. "Manchester Yunayted" liga kubogi finaliga yo‘l olgandi. Bu esa jamoa futbolchilariga katta ishonch taqdim etdi. O‘z navbatida bu ruhiyat APLga ham ko‘chib o‘tdi.

Hozir jamoa nima qilishni juda ham yaxshi biladi. Futbolchilar o‘z joyida qolish uchun qattiq mehnat qilmoqda. Hozir hech kim asosiy tarkibdagi o‘rnini berib qo‘yishni istamaydi. Ular kurashni ushladi va buyog‘iga qo‘yib yuborishni o‘ylamaydi. Chunki har bir o‘yin futbolchilarga nimalarga qodir ekanini butun dunyoga ko‘rsatish uchun yaxshi imkoniyat taqdim etib turibdi. Tabiiyki, ularning hech biri bundan foydalanmay qolmaydi. Tarkibdagi bu jarayonlar futbolchilar orasida raqobatni o‘stirishga xizmat qilmoqda. Raqobat o‘z navbatida natijalarni yaxshilaydi".

"Nottingem" bilan yarim-final bahsida oktyabrdan beri ilk bor, Jeydon Sancho maydonda ko‘rinish bergan edi. Erik ten Xag hujumchi jismoniy va aqliy jihatdan toliqqanini bildirgan. Bu borada hozir hammasi joyida. Rio Ferdinand Sancho haqida ham fikrlarini bayon etdi.
U shunday dedi: "Jeydon Sancho jamoaga qaytdi. Buni ko‘rish biz uchun yoqimli. Agarda u o‘z sport formasini tiklab oladigan bo‘lsa, u holda, "MYU" xuddi yangi futbolchi sotib olgandek bo‘ladi. Sancho kabi futbolchilarning jamoada bo‘lishi doimo zarur narsa. Agarda u formada bo‘lsa, istalgan jamoaga muammo tug‘dira oladi. Negaki, unda bu uchun yetarlicha kuch, iste’dod va texnika mavjud. Qisqa muddatli davrda o‘z futbolchilari bilan "MYU" yanada kurashuvchan jamoaga aylanib olishi mumkin. Jamoa zaxirasida o‘yinga ta’sir qila oladigan futbolchilar so‘nggi oylarda ancha sanoqli bo‘lib qolgandi. Sanchoning qaytishi esa bu borada ten Xagga kengroq tanlov qilish imkoniyatini taqdim etadi. To‘g‘ri, u "Kristal Pelas" bilan maydonga tushmadi. Ammo ishonchim komil, bosh murabbiy Sanchoga kelayotgan haftalarda yetarlicha imkoniyat beradi. Harxolda, shunga umid qilaman".

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 10:00, 08.02.2023.
O'qildi: 4322 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик