Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/09 00:30 Elche 2-3 Real Sosyedad
08/09 21:45 Bryugge 2-3 Aston Villa
08/09 21:45 AEK 1-0 LASK
08/09 23:59 Real Madrid 2-1 Inter
08/09 23:59 Portu 0-2 Manchester Siti
08/09 23:59 Borussiya D 3-2 Vilyarreal
08/09 23:59 Lill 2-3 Betis
09/09 18:30 OKMK 0-2 Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi 2-0 Surxon
09/09 20:00 Nasaf - Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona - Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart - Viking
09/09 23:59 Liverpul - Atletiko
09/09 23:59 Napoli - Arsenal
09/09 23:59 PSJ - Sporting
09/09 23:59 Sporting - Galatasaroy
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona

Van Nistelroy: «Liverpul» «MYU»ga nisbatan 10 marta kichik klub»

Van Nistelroy: «Liverpul» «MYU»ga nisbatan 10 marta kichik klub»

Baho:
+-1 | -

«Manchester Yunayted» klubi sobiq hujumchisi Rud van Nistelroy vatandoshi Kodi Gakpo «qizil iblislar» safiga emas, «Liverpul»ga o‘tgani borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«Gakponing orzusi «Manchester Yunayted»ga o‘tish edi. U o‘tgan yilning avgust oyida ten Xag bilan gaplashgan edi. Men ham uning aynan «Yunayted»ga o‘tishini istagandim. Boisi, «Yunayted» «Liverpul»ga nisbatan yaxshiroq jamoa. U yerda rivojlanish uchun katta imkoniyat bor.

Ammo «Yunayted» yanvar oyida taklif yubormadi. Men esa unga yozgacha kutishni maslahat berdim. Ammo u menga emas, van Deykka quloq soldi. Virjil Gakponi «Liverpul»ga o‘tishga ko‘ndirdi. Gakpo yanvar oyida Niderlandiyani tark etish niyati borligini aytdi.

«Liverpul» «Manchester Yunayted»ga nisbatan 10 marta kichik klub. U har jihatdan ortda qolmoqda. Men jahonning eng katta top-klubi — «Manchester Yunayted» va «Real»da o‘ynash baxtiga muassar bo‘lganman.

Gakpo «Yunayted»ga o‘tganida, u yerda gollar urishni boshlagan bo‘lardi. Boisi, "MYU" yarim himoyachilari juda ko‘p golli vaziyatlarni yaratishadi», — dedi van Nistelroy.

Manba: championat.com
Kiritildi: 23:23, 08.02.2023.
O'qildi: 2145 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик