Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Murodjon Ahmadaliyev navbatdagi jangi haqida fikr bildirdi

Murodjon Ahmadaliyev navbatdagi jangi haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Intervyular

Professional boksning birinchi yarim yengil vazn toifasida (-55,3 kg) WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliyev (11-0, 8 KO) va IBF yo‘nalishida majburiy da’vogar Marlon Tapales (36-3, 19 KO) o‘zaro jang qiladi. Ushbu jang 8 aprel kuni AQSHning Texas shtati San Antonio shahrida bo‘lib o‘tadi.

Ahmadaliyev jang haqida: “Ringga qaytayotganimdan xursandman. Ancha vaqt o‘tdi, biroq endi ajoyib bokschi Tapalesga qarshi qiziqarli jang o‘tkazishga tayyormiz. U sobiq jahon chempioni va uslublarimiz o‘xshash, shuning uchun 8 aprel kuni qiyin va qizg‘in jangga tayyorlanmoqdaman”, — deydi.

Filippinlik bokschi Tapales esa: “Bitta emas, birdaniga ikkita chempionlik kamariga ega bo‘lish imkoniyatidan juda xursandman. Yana bir bor jahon chempioni bo‘lishni xohlayman. WBA va IBF kamarlarini qo‘lga kiritib, Filippinga shon-sharaf olib kelmoqchiman”, — deya fikr bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, filippinlik bokschi so‘nggi jangini 2022 yilning may oyida o‘tkazib, unda meksikalik Xose Estradani mag‘lubiyatga uchratgan. Ahmadaliyev esa 2022 yilning iyunida amerikalik Ronni Riosni mag‘lub etib, kamarlarini himoya qilgandi.

28 yoshli o‘zbekistonlik bokschi 2020 yil boshida Daniel Romanni mag‘lub etib, ikkita kamarga ega chiqqandi. Keyinchalik Murodjon Ryosuke Ivasa va Ronni Riosga qarshi janglarda kamarlarini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:40, 09.02.2023.
O'qildi: 2013 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.