Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Bunyodkor» va Ivan Boshkovich o‘rtasidagi holat tinch yo‘l bilan hal etildi

«Bunyodkor» va Ivan Boshkovich o‘rtasidagi holat tinch yo‘l bilan hal etildi

Baho:
+ | -

28 yanvar kuni «Bunyodkor» bosh murabbiyi Ivan Boshkovich Ligaga murojaat qilib, u va klub o‘rtasida 2022 yilning 27 dekabr kuni imzolangan hamda qo‘shimchalar kiritilgan mehnat shartnomasi bir oy ichida musobaqa o‘tkazuvchi tashkilot tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilmaganligini ma’lum qilgandi.

Bu bilan «Bunyodkor» futbol klubi «Superliga va Pro liga reglamenti»ning 12.2-bandini buzgan. Shundan kelib chiqib, Liga ishni O‘FA tegishli qo‘mitasiga oshirgandi. Mazkur masala bugun bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda ko‘rib chiqiladi.

Unga qadar esa klub va bosh murabbiy o‘rtasida tinchlik kelishuvi imzolandi. Jarayon Liga ofisida bayonlashtirilgan bo‘lib, unga ko‘ra «Bunyodkor» futbol klubi o‘zaro shartnoma asosida barcha moliyaviy majburiyatlarni bajardi hamda Boshkovich bilan mehnat shartnomasini bekor qildi. Endilikda «Bunyodkor» O‘FA qo‘mitasining qarorini kutishi kerak bo‘ladi. Shundan keyin klub yangi bosh murabbiyni Liga ro‘yxatidan o‘tkazishi mumkin.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 18:22, 10.02.2023.
O'qildi: 1737 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик