Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Superliga. Rekord va antirekordlar to‘plami

Superliga. Rekord va antirekordlar to‘plami

Baho:
+ | -

Mana, Superliganing yangi mavsumiga qur’a ham tashlandi. Lekin bugun yana biroz avvalgi mavsum haqida gaplashamiz.

Aniqrog‘i, chempionat davomida kuzatilgan ba’zi rekord va antirekordlarga to‘xtalishni lozim topdik.

Avvalo, umumiy ma’lumot: milliy chempionatimiz elit ligasining hisob bo‘yicha 32-mavsumi jami 225 taqvim kuniga cho‘zildi (davralar oralig‘i va FIFA kunlarida yuzaga kelgan tanaffuslar bilan birga, albatta). Superliga taqvimidan o‘rin olgan 182ta o‘yin­da hakamlar tomonidan 428ta gol qayd etildi. 14ta jamoa tarkibida jami 414 nafar futbolchi maydonga tushdi, ulardan 33 nafari chempionat davomida 2tadan jamoa libosida ko‘rinish berdi. Eng ko‘p futbolchidan foydalangan jamoa «Bunyodkor» bo‘lib, uning safida 36 nafar o‘yinchi maydonga tushdi. «Nasaf» aksincha, atigi 24 nafar futbolchi bilan cheklandi. Superliga-2022da 11ta jamoa tomonidan 17ta irodali g‘alaba (oldin hisobda ortda borib, yakunda ustun kelish) qayd etildi. Avvalgi mavsumda bunday g‘alabalar soni 14tani tashkil qilgandi. O‘tgan mavsum faqat «Surxon», «Dinamo» va «Qo‘qon-1912» klublari irodali g‘alaba ko‘chasiga kirgani yo‘q. «Bunyodkor» esa naq 4ta o‘yinda iroda evaziga g‘alabani tantana qildi. 

Chempionat davomida bir qator noodatiy rekordlar ham qayd etildi. Deylik, Superliga debyutanti «Olimpik» 14ta o‘yinda durang natijani ushladi, rekord shundaki, ulardan 10tasi 1:1 hisobida yakunlandi. Superligadan tushib ketgan «Qo‘qon-1912» esa qatorasiga 7ta o‘yinda murosa ko‘chasini tanlash (4tasi 1:1 hisobida) asnosida rekord o‘rnatdi. Bular - butun chempionat tarixidagi rekordlar. Endi individual natijalarga o‘tsak, Dragan Cheran («Paxtakor») eng yuqori ko‘rsatkich qayd etish borasida mavsumning mutlaq rekordchisiga aylandi. Serbiyalik futbolchi chempionatning eng yaxshi to‘purari poygasida qatorasiga 4-marta g‘alaba qozonish barobarida mavsum davomida 2ta «poker» rasmiylashtirdi. O‘zbekiston chempionatining muayyan mavsumi bosh goleadori tarixda hali bunday natijaga erishmagandi. Qolaversa, Cheran o‘z hisobidagi jami gollar sonini 116taga yetkazib qo‘yish asnosida chempionatimizda to‘p surgan barcha legionerlar orasida mutlaq peshqadam bo‘lib oldi. Aytish o‘rinli, «Paxtakor» yetakchisi yangi mavsumdagi ham bir goli bilan o‘ziga tegishli rekordni yangilayveradi. 

Superliga-2021da 9ta jamoaning 13 nafar futbolchisi chempionat doirasidagi barcha o‘yinlarda qatnashgandi. Yana bir tomoni, ulardan atigi 2 nafari (Ignatiy Nesterov va O‘tkir Yusupov) barcha o‘yinlarning boshidan oxirigacha maydonda bo‘lgandi. Yakunlangan mavsum ham aynan 13 nafar futbolchi 100 foiz uchrashuvda o‘ynadi, farqli tomoni - hushtakdan hushtakkacha to‘liq harakatlanish birgina O‘tkir Yusupovga nasib etdi. Oddiy aytganda, «Navbahor» darvozaboni qatorasiga 2 mavsumdan buyon O‘zbekiston chempionatida biror daqiqani o‘tkazib yuborgani yo‘q. Birinchi davrada «Navbahor»ning barcha uchrashuvlarida maydonga tushgan gruziyalik hujumchi Elguja Grigalashvili esa hal qiluvchi bosqichda «Dinamo»ning 13ta o‘yinini almashtirishsiz o‘tkazdi. Bu ham o‘ziga xos natija hisoblanadi, albatta. 

Mavsum davomida 14ta jamoa jami 33 nafar darvozabon xizmatiga tayandi. Jumladan, «Surxon» darvozasida naq 5 nafar kiper ko‘rinish berdi - yana bir rekord. «Qo‘qon-1912» sharafini himoya qilgan Oybek Rustamovga 10 marta sariq kartochka olgani uchun «toj» kiydirish mumkin. AGMK o‘yinlarida 3 marta to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olgan Sardor Rahmonov ham shunday «toj»ga munosib. Har ikki ko‘rsatkich yakunlangan mavsum antirekordidir. Eng noyob antirekord esa «Surxon»da to‘p surgan Baxtiyor Qosimovga tegishli - atigi 12ta o‘yinda 6ta sariq kartochka! «Surxon» bosh murabbiyi sifatida ishlagan ispaniyalik Anxel Lopesning mavsum davomida 3 marta ogohlantirilgani ham o‘ziga xos antirekorddir. Legionerlar orasida «So‘g‘diyona»da o‘ynagan serb Luka Chermel eng qo‘pol futbolchi bo‘ldi - 4ta sariq va 2ta qizil kartochka. Avazbek O‘lmasaliyev («Bunyodkor») - mavsum davomida o‘z nomiga 2ta avtogol rasmiylashtirgan yagona futbolchi. Biroq 2014 yili gruziyalik Georgi Kvesiyeshvili tomonidan o‘rnatilgan «abadiy» antirekord hali-veri yangilanishi gumon. U «Qizilqum»ning Samarqand «Dinamo»siga qarshi safar o‘yinida o‘z jamoasi darvozasiga 2ta gol urib, mezbonlarga g‘alaba tortiq etgandi. 

Sergey KNYAZEV.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:50, 14.02.2023.
O'qildi: 1506 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.