Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/06 19:30 Bunyodkor 0-3 Neftchi
02/06 00:00 Borussiya D 0-2 Real Madrid
02/06 19:00 Andijon - Paxtakor
02/06 19:30 Nasaf - Lokomotiv
02/06 21:00 Atalanta - Fiorentina

O‘zPFL OAV vakillari bilan ochiq muloqot tashkil qiladi

O‘zPFL OAV vakillari bilan ochiq muloqot tashkil qiladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Professional futbol ligasi kecha — 15 fevral kuni Superliga jamoalari uchun qishki transfer oynasini yopdi. 23:59 dan boshlab futbol klublari futbolchilar bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini MyLeague platformasiga yuklash imkoniyatidan avtomatik ravishda uzildi. Talab etilgan hujjatlarida hech qanday kamchiligi bo‘lmagan klublarning 2023 yilgi mavsum uchun qaydnomasi rasmiy saytimizning hujjatlar bo‘limiga joylashtirilmoqda.

O‘tgan yilning 16 dekabr kuni Liga Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishi o‘tkazilgan bo‘lib, unda belgilangan vazifalar ijrosi to‘liq bajarildi. Ayni vaqtda Superliganing yangi mavsumini boshlash yo‘lidagi so‘nggi rejalarni amalga oshirish ishlariga o‘tilgan. Bundagi muammo va kamchiliklar, qilinayotgan ishlar yuzasidan Liga futbol jamoatchiligiga o‘z sahifalari orqali muntazam ravishda ma’lumot berib turibdi.

Shunga qaramay, futbol jamoatchiligini qiynayotgan yoki qiziqtirayotgan savollar bo‘lishi tabiiy. 2021 yilgi mavsum yakunida tashkilot bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev OAV bilan ochiq muloqot o‘tkazib, Liga bilan bog‘liq moliyaviy masalalar yuzasidan berilgan savollarga ham batafsil javob qaytargandi. Ochiq va shaffof ishlashga harakat qilayotgan O‘zbekiston Professional futbol ligasi 2022 yilgi mavsum yakuni yuzasidan ham xuddi shunday anjuman o‘tkazishga va’da bergandi.

Transfer oynasining asosiy yuklamalari bajarib bo‘linganidan kelib chiqib, Liga tashkilot faoliyati yuzasidan beriladigan savollarga javob qaytarishga tayyor. Joriy yilning 25 fevral kuni soat 15:00 da «Bunyodkor» stadionida jurnalistlar ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi. Mazkur anjumanda Liganing 2023 yilgi mavsumi uchun akkreditasiyadan o‘tgan OAV vakillari ishtirok etishi mumkin.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 18:00, 16.02.2023.
O'qildi: 1155 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.