Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, Leonardo Semplichi "Spesiya"ning yangi bosh murabbiyiga aylanadi.
55 yoshli mutaxassis allaqachon jamoa bilan kelishib bo‘lgan va dushanba kuni shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Avvalroq Semplichi A Seriyada SPAL va "Kalyari" klublarini boshqargan.
"Spesiya" yaqinda Luka Gottini jamoa bosh murabbiyligidan bo‘shatdi. A Seriya turnir jadvalida jamoa 19 ochko bilan 17-o‘rinda bormoqda.